Avgust kengashi tavsiyalari 255-б

Главные вкладки

2019-2020 o‘quv yilidagi dolzarb vazifalar va tizim istiqbollari
 
A.Yu.Umarov,
Xalq ta'limi vazirining
birinchi o‘rinbosari 
 
Ma'lumki,  Avgust  Kengashlari  yangi  o‘quv  yiliga  tayyorgarlik ko‘rish, o‘quv dasturlari, darsliklardagi o‘zgarishlarni, yangi o‘quv yilida tizim  oldida  turgan  ustuvor  vazifalarni  tizim  xodimlariga  yetkazish borasida muhim ahamiyatga ega. Hozirgi  vaqtda  mamlakatimizda  jahon  ta'lim  makoniga  kirib borishga  mo‘ljallangan  yangi  ta'lim  tizimini  shakllantirish  jarayoni
kechmoqda. Ta'lim  mazmun-mohiyatining  o‘zgarayotganligi,  ta'lim  berish jarayoniga  zamonaviy  yondashuvlar  hamda  xalqaro  tajribalarni  joriy etish taklif etilayotgan bir davrda ta'lim berishga pedagogik munosabat ham o‘zgarishi lozim.