Dars ishlanmasi va uning tuzilmasi. Dars ishlanmasini yaratish boʻyicha uslubiy tavsiyalar.
Dars ishlanmasi (reja-konspekt) - oʻqituvchi uchun tuzish majburiy boʻlgan hujjat. Dars ishlanmasi – oʻqituvchi ijodkorligini aniqlovchi omil. Dars rejasi - darsni pedagogik, didaktik va uslubiy jihatdan rejalashtiruvchi, loyihalashtiruvchi hujjat. U shunchaki rahbariyatga koʻrsatish uchun tuzilmaydi. Uni tuzishdan koʻzlangan asosiy maqsad oʻqituvchining bir soatlik darsdagi faoliyatini rejalashtirish, dars mazmunini boyitish, ta’lim samaradorligini oshirishdan iborat.