Few va a few orasida farq haqida gaplashamiz

Главные вкладки

Ingliz tili o’qituvchisi sifatida o’quvchilarimning Ingliz tili grammatikasida ko’pgina qoidalarda hato qilayotganliklarini payqab qolaman. Bular orasida few va a few olmoshlari o’rtasidagi farqga bora olmay qolayotgan o’quvchilarim talaygina.

Demak o’tgan darsda siz bilan few va little olmoshlarining farqlari haqida so’z yuritgan edik. Umid qilamanki, berilayotgan onlayn darslarim sizga ma’qul keladi va tez orada o’z natijasini ko’rsatadi.

Bugungi darsimizga keladigan bo’lsak, bugun bis siz bilan few va a few haqida gaplashamiz.

Ba’zi grammatik ma’lumotlarda few va a few ravish deb yuritilsa, ba’zilarida esa miqdor olmoshlari deb yuritiladi. Demak, siz ravish va olmoshlarning grammatik qoidalaridan xabaringiz bor, shundaymi? Unda juda yaxshi.

Ikkalasi ham gapda otning oldidan keladi va bir qancha, ozgina ma’nolarini beradilar.

Yodingizda saqlang! Few va a fewsanaladigan otlar oldidan keladi va ularni ajratadigan farq ular keladigan otning miqdoridadir.

Masalan:

Rasul has a few friends in Australia. – Rasulning Avstraliyada bir qancha do’stlari bor.0
There are few buildings in that district. – Bu rayonda binolar ko’p emas.

Shunday qilib few – ozgina ma’nosini bersa, a few – bir qancha/ ko’p emas, lekin yetarli ma’nolarini beradi. Ya’ni a few da a artikli miqdorni ko’paytirib beradi.

Keling yana boshqa misollarni ham ko’rip chiqamiz.

We drove a few hundred miles today – biz bugun bir qancha (kam emas) yuz mil bosib keldik

I know few places in the town worth visiting – Men shaharda tashrif buyurishga arzirli bir qancha (ozgina) joylarni bilaman