Have va have got

Главные вкладки

Have va have gotning farqi nimada. Keling bugungi darsimizda aynan shu savolga javob berishga harakat qilamiz.

Mazkur fe’llarning bir – biridan farqlarini sizga aytishda barchamizga tanish bo’lgan Headway (elementary) ingliz tilini o’rgatish darsligidan foydalanishni ma’qul ko’rdim.

Demak, have va have got bir xil ma’noga egalar. Ular ega bo’lishlik ma’nosini berishadi.

Ko’p hollarda have got so’zlashishganda ishlatiladi. Have bo’lsa rasmiy xabarlarda keladi.

Ular gapda kelganda gapning shakliga qarab o’zgaradilar.
Masalan Have inkor va so’roq gaplarda Do yordamchi fe’lidan foydalanadi.

They have a cat. Do they havea cat? They don’t have a cat.

Have got bo’lsa inkor va so’roq gaplarda boshqacha ishlatiladi.

Theyhave got a cat. Havethey got a cat? They haven’t got a cat.

Yana bir farq borki, have got faqat ega bo’lmoq degan ma’nosini bersa, have qabul qilmoq, yemoq va boshqa ma’nolarni ham beradi va ibora sifatida ham ishlatiladi. Ya’ni:

Tomhas got a wonderful car in his garage. – Tomning garajni ichida ajoyib mashinasi bor. (Bu yerda ega bo’lmoq ma’nosida kelayapti)

Tom is having a bath at the moment. He is not driving his car. – Tom ayni damda vanna qabul qilayapti. U mashinasini haydagani yo’q. Bu gapda have got ni ishlata olmaymiz. (Bu yerda qabul qilmoq ma’nosida kelayapti, ega bo’lmoq ma’nosida emas).