HIPPO-2020 - Sakkizinchi "XALQARO INGLIZ TILI FANI OLIMPIADASI"

Главные вкладки

Siz Jahon standartida yagona deb tan olingan, haqiqiy Xalqaro ingliz tili fani olimpiadasida o'z bilimingizni sinab ko'rmoqchimisiz? U holda, HIPPO 2020 - sizning imkoniyatingiz!
O'tkazib yubormang!      

Ayni vaqtdi ro’yxatdan utish davom etmoqda.
                                                                                                                                       
HIPPO – Xalqaro ingliz tili fani olimpiadasi   1-sinfdan 11-sinfgacha bo'lgan barcha davlat va nodavlat maktab o'quvchilari uchun! Shuningdek,akademik litsey va kollejlarning 1, 2 kurs o’quvchilari ham ishtirok etish imkoniyatiga ega. HIPPO – Xalqaro ingliz tili fani olimpiadasi, 2012 yil Angliya Davlatining “Pearson Education” tashkiloti ko'magi ostida, Italiya davlatining “Global HIPPO Association” uyushmasi tasarrufida tashkil topgan bo'lib, hozirgi kunda dunyoning 40 dan ortiq (ingliz tili asosiy til hisoblanmagan) davlatlari 40 000 (qirq ming) atrofida ishtirokchilar qatnashib kelmoqda.  2018 yildan buyon Angliya davlatining Gatehouse Awards tashkiloti bilan hamkorlikda ish faoliyatini davom ettirmoqda va har bir ishtirokchi HIPPO olimpiadasida Xalqaro standart darajasiga ega bo'lgan, Buyuk Britaniya IESOL testlarini topshiradi. Ushbu olimpiadada ishtirokchilar jami 4 ta qobilyat (so'zlashish, o'qish, yozish va tinglab tushunish) bo'yicha bellashadi.  Ilk bosqichda,o'qish va tinglab tushunish, yarim final bosqichida esa yozish va o'qish. Final bosqichida barcha ko'nikmalar  bo'yicha imtihon topshirishadi. Ushbu olimpiada 3 bosqichdan iborat bo'lib, ilk saralash O’zbekistin xududlarida 7-8 Fevral kunlari va yarim final bosqichi Toshkent shahrida 13-14 Mart kunlari, yakuniy bosqich esa barcha davlatlar uchun Italiya davlatining Venetsiya shahrida 15-17 May kunlari bo'lib o'tadi. Final bosqichi g’oliblarini ajoyib yutuqlar kutmoqda.

Qo'shimcha ma'lumot uchun: +998903707283 +998903707284