Ingliz tilini qancha vaqtda o’rgansa bo’ladi?

Главные вкладки

Keyingi yillarda yurtimizda xorijiy tillarni ayniqsaingliz tilini oqitishga katta etibor qaratilayaptiAlbatta, yurtimizning har bir farzandi chet tilini bilishi lozim va lobud. Xorijiy tilni o’zlashtirgan bolaning boshqa tengdoshlariga qaraganda dunyoqarashi kengroq bo’ladi, kelajakka maqsad qo’yishi oson bo’ladi va ijodkorlik qobiliyati rivojlanadi. Buni bilgan har bir ota – ona hozirgi kunda o’z farzandini yoshligidanoq ingliz tilini yaxshi bilib olishi uchun harakat qilmoqda. Ota – onalar farzandlarini til o’qitish kurslariga, repetitorlarga, maxsus maktablarga bermoqdalar. Men ham bir necha yillardan beri repetitorlik bilan shug’ullanaman.  Faoliyatim davomida ota – onalar tomonidan ba’zi bir norozilik fikrlarini ham eshitib qolaman. Ba’zilari “Bolajon telekanalidagi ba’zi so’zlarni so’rasak bilmayapti” yoki “Chet elliklar bilan so’zlashtirsak, gapira olmayapti”kabi norozilik ohangidagi “ta’na toshlar” ni otishadi. Men ularning fikrlarini avvalo oqlayman.

To’g’rida, agar do’konga kirib biror bir maxsulot sotib olib, unga pul to’lasangiz-u u sifatsiz chiqsa. To’lagan pulingizni qaytarib olasiz yoki maxsulotni sifatlisiga almashtirib berishlarini talab qilasiz. Repetitorga kelayotgan farzandlari uchun ota – onalar to’lov qilishadi va bu huddi maxsulotga to’lashdek gap. Men esa bilimimni bolalarga sotaman. Ota – onalarning noroziligi esa, berilayotgan bilimning samara bermayotganligidandir ya’ni sifatsizligidir.

Mana endi o’zingiz o’ylab ko’ring. Aytaylik, 7-9 yoshlik bola, yaqindagina o’z tilini o’rganib oldi va ona tilining qoidalarini o’rganishni boshladi. Unga siz yana bir tilni o’rganishga berayapsiz. Bunday holatda har bir bolada o’zlashtirishda qiyinchilik bo’lishi tabiiy. 1 tilning orqasidan 2 – tilni o’rganish (agar rus va o’zbek tillarini bilsa 3 – til) qanchalik qiyinligini ota – onalar tushunib olishlari lozim. Yoki, kattaroq yoshdagi bolalarga keladigan bo’lsak, ular ham talaygina qiyinchiliklarga (baryerlar) uchraydilar. Axir til o’rganish oson ish emas. Ba’zi bir yoshlarning tilni tez o’zlashtirib olishga iste’dodlari bo’ladi, ba’zilarida esa yo’q. Yana bir sabab shuki, farzandingizda til o’rganishda hayolini chalg’itadigan televizor, kompyuter yoki telefon o’yinlari kabi “dushman” lar bor. Buning uchun siz ham farzandingizni tezroq til o’rganishiga cheklovlar bilan yordam berishingiz kerak.

Qolaversa, farzandimiz ingliz tilida o’rgangan so’z va iboralarni amaliyotda qo’llash uchun biz ham yordam berishimiz kerak. Bu holatda ularga quyidagilar bilan yordan berishimiz mumkin:

Yodlangan so’zlarni so’rab turishimiz

Uy sharoitida uydagi jihoz va narsalarni ingliz tilida qandayligini to’satdan so’rab qolishimiz

Telefondagi oyinlarni ochirib tashlab ingliz tili bilan shugullantiradigan oyinlarni qoyib berishimiz

Farzandimizga ingliz tilida ayrim ma’noli qo’shiqlarni (o’qituvchi bilan maslahatlashgan holda) matni bilan “quloqchinlar” yordamida qo’yib berishimiz

Va eng muhimi, farzandimizga til o’rganishida dalda bo’lishimiz, unda ishonch tug’dirishimiz lozim.

Endi til o’rganish uchun lozim bo’ladigan vaqt masalasiga kelsak, Ingliz tilini yaxshi o’rganish uchun 7-10 yoshli bolaga 3-4 yil kerak bo’ladi. Yuqoriroq sinflarga 2-3 yilni chamalab qo’yavering. Hozirgi kundagi “6 oyda o’rgatamiz” “1 yilda mukammal o’rgatamiz” kabi yolg’on va’dalar bilan chiqayotganlarga ishonmang.

Yoshi kattaroq bo’lgan va turli xil sohalarni egallagan do’stlarimizning til o’rganish masalasiga kelsak, siz avval o’zingizni oldingizga tilni nima uchun o’rganmoqchi ekanligingizni tushinib oling va undan keyin maqsad qo’ying. O’z faoliyatim davomida ichki ishlar xodimlari yoki doktorlarga ingliz tilini o’qitishga harakat qildim. Afsuski, bundan natija deyarli chiqmagan. Ayb kimda deysizmi? Ayb, o’z oldiga aniq maqsad qo’ymagan shaxsda J. Maqsad qo’yilsa va o’rganish boshlansa boshlang’ich bilim bilan tahminan 6 oyda yaxshi natijaga erishsa bo’ladi. Bu holatda kasbi bor odam uchun aynan bitta yo’nalish bo’yicha o’rganish osonroq. Ya’ni, ingliz tilini butunlay o’rganish emas, balki bu tilda so’zlashsishni o’rganib olsangiz, qolganini o’zingiz eplab keta olasiz.

Yuqoridagilar mening shaxsiy fikrlarim edi xolos. Agar kimdadir fikrlarimga qarshi fikr paydo bo’lgan bo’lsa, hafa bo’lmayman. Men o’z malaka va bilimimdan kelib chiqqan holda maqolamni yozdim. Xulosa esa sizdan, aziz til o’rgatuvchi va o’rganuvchilar!

 

Sadikov Nasim

www.sadikov.uz