Kompyuterda tez yozishni o’rganadigan vaqt keldi. 2 haftada tez yozishni o’rganing.

Primary tabs

Ma’lumki, bugunki kunda kompyuter har bir sohaga kirib keldi. Undan foydalanish sabablarini barchamiz bilamiz. Ya’ni hujjat tayyorlashda va internetdan ma’lumot olishda mazkur qurilmadan qulayi yo’q. Ko’pchilik hamkasblarim kompyuterda hujjat tayyorlash mobaynida qator noqulayliklarga duch keladilar. Bulardan biri MS Word dasturidagi matn ustida ishlash funksiyalarini bilmasliklari bo’lsa, yana biri oddiygina hujjat tayyorlashda klaviatura tugmalarini terib vaqt ketkazishlaridir. Bugun sizlarga mazkur ikki muammodan so’nggisini hal qilishga yordam berishga harakat qilaman.

O’zim haqimda ham bir og’iz aytib o’tsam. Men tez yozishni 2003 yilda o’rganganman. O’rganishga xohishim kuchliligi tufayli, men bu ishni 2 haftada bemalol o’rganganman. Hozirgi kunda bir daqiqada 235 ta (probelsiz)(probel bilan 267) harf tera olaman.

Klaviaturada tez yozish uchun siz klaviatura tugmalariga qaramasdan yozishni o’rganishingiz kerak. Ya’ni bu holatda, siz klaviaturadagi tugmalarning qayerda joylashganligini va bu tugmalarni klaviaturaga qaramasdan bosishni o’rganib olishingiz kerak. Buning uchun bizga hozirgi kunda internetda topishingiz juda oson bo’lgan kompyuterda yozishni o’rgatadigan dastur kerak bo’ladi. Ular ko’p bo’lsada, sizga stamina dasturini tavsiya qilaman. Mazkur dasturda siz bosqichma bosqich harf terishni o’rganib borasiz.

Albatta, tez yozishni 2 haftada o’rganishni o’zingizga rejalashtirib oling. Buning uchun siz har kuni taxminan 1-2 soatdan shug’ullanishingiz va bu ishni roppa – rosa 14 kun ya’ni 2 hafta bajarishingiz lozim.

Qani hamkasb, yenglarni shimaringda, stamina dasturini www.stamina.ru saytining download sahifasidan ko’chirib kompyuteringizga o’rnating. Tez yozishni o’rganish uchun olg’a!!!

Comments

123456

Зор

xozirgi kunda juda jadallik bilan rivojlanayotgan IT bozorida o'z o'rnimni egalamoqchiman

Izoh qoldiring

CAPTCHA
This question is for testing whether or not you are a human visitor and to prevent automated spam submissions.