O‘rta maxsus ma’lumotlilar maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlay oladimi?

Главные вкладки

O‘rta maxsus ma’lumotli maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlay oladimi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 30 iyuldagi 14/1-4141-raqam bilan tasdiqlangan “Umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlar o‘rnini bosqichma-bosqich oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan to‘ldirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar Dasturi”da o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarni oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi, kechki va sirtqi yo‘nalishlarida o‘qishga yo‘naltirish, 2030 yildan boshlab umumta’lim maktablarida faqat oliy ma’lumotli pedagoglar faoliyat yuritishiga erishish ko‘zda tutilgan.

Mazkur dastur asosida o‘rta maxsus ma’lumotli (diplomida o‘qituvchi mutaxassisligi qayd qilingan) o‘qituvchilar 2025 yilgacha umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida dars berish imkoniyatiga ega.

O‘rta maxsus ma’lumotli pensiya yoshidagi o‘qituvchilar hamda nomutaxassislar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinadi.

Manba:@uzedu

Ta'lim sohasidagi barcha savollarga javoblarni o'qing!