Nima uchun «ikkichi»lar kelajakda a’lochilardan ko’ra omadliroq bo’ladi?

Britaniyalik jurnalist Djon Xaltivanger maktabda qo‘yiladigan baho
bolaning intelektual qobiliyati ko‘rsatkichini belgilamasligi haqidagi
shov-shuvli maqolani e’lon qildi. Unda yozilishicha, ikki bahoga o‘qigan
o‘quvchilar a’lochilardan ko‘ra, hayotda ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishar
ekan.
"Adme.ru”
nashri muallifning fikri bilan sizni tanishtirishga qaror qildi.

Tajribadan
ma’lum bo‘ldiki, a’lo bahoga to‘la attestat baxtli kelajakni ta’minlamas ekan.
Har doim ham ikki bahoga o‘qigan o‘quvchi ishsiz, pulsiz qolmas ekan. Boy va
omadli insonlar orasida maktabda yomon baholarga o‘qiganlar anchaginani tashkil
etadi. Ularning muvaffaqiyatiga butun dunyo tan bergan.

Masalan,
Stiv Jobs, Mark Sukerberg, Bill Geyts biror kollejni tamomlamagan. Samoga ilk
sun’iy yo‘ldoshni uchirgan Sergey Korolyov ham maktabda uchga o‘qigan. Vladimir
Mayakovskiy ham yomon o‘qiganidan "Anna Karenina” asarini oxirigacha o‘qimagan.
Iosif Brodskiyning maktabda yomon o‘qigani adabiyotdan Nobel mukofotini
olishiga xalaqit qilmagan.

Aql
— mavhum tushuncha bo‘lgani bois, bilim olishda erishilgan muvaffaqiyat bilan
unga ob’ektiv baho berib bo‘lmaydi. Maktab har doim ham bolaning mustaqil
hayotga qadam qo‘yishi uchun muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qilavermaydi. Bitiruvchining
maktabdan tashqarida erishgan muvaffaqiyati orqaligina buni aniqlash mumkin.

Muvaffaqiyatga erishish uchun bolada qiziqish,
qat’iyat, sabr-toqat, eng asosiysi muvaffaqiyatsizlikning qadrini anglash
tuyg‘ulari bo‘lishi lozim. SHuning
uchun maktabda hech kim nazar-pisand qilmagan ikkichilar dunyoni boshqarishadi.
Ular yoshligidan omadsizlikka uchrab o‘rganganlaridan u bilan kurashish
yo‘llarini boshqalardan ko‘ra yaxshiroq bilishadi. Aynan "ketmoni uchgan”
tadbirkorlarda ham shu xususiyat mavjud bo‘ladi. Ular tavakkal qilishdan,
qonun-qoidalariga bo‘ysunmaslikdan qo‘rqmay, biror o‘ziga xos yangilik
yaratishga harakat qilishadi.

YOmon bahoga o‘qiganlar orasida o‘z fikriga ega,
ijodiy shaxslar ko‘plab uchraydi. Psixologlarning ta’kidlashicha, bunday bolalarga hamma uchun birdek
qo‘llanadigan maktab tartib-qoidalari yoqmaydi. Maktabda o‘qituvchilar bolaga
o‘z fikrini singdirishga urinishadi, ularning o‘z nuqtai-nazarlari, fikrlari
bo‘lishiga kam e’tibor berishadi. O‘qituvchining fikrini o‘ziga singdirgan bola
boshqacha bo‘lishi haqida o‘ylab ham ko‘rmaydi. Ikkichi bolalar esa
o‘qituvchiga quloq solsa-da, o‘z fikridan qaytmaydi, natijada g‘alaba
qozonishadi.

Bu
degani har doim ham maktabda yomon baholarga o‘qish muvaffaqiyat kaliti bo‘lib
xizmat qiladi, degani emas. Kundalikdagi "besh” baholar ham kelajakda hamma
ishlar a’lo bo‘lishidan darak bermaydi. Baholar qog‘ozdagi raqamlar, xolos.
Bolaning kelajagini maktabdagi baholar emas, xulq-atvor, tajriba va aloqalar
belgilaydi.

Agar
maktab va oliy ta’lim muassasassini ko‘ngildagidek bitira olmagan bo‘lsangiz,
bundan xafa bo‘lmang. Hayot turli parvoz va qulashlardan iboratdir. Maktabda
foydali bilimlarga ega bo‘lgan bo‘lsak, haqiqiy, hayotiy bilimga maktabni tark
etganimizdan keyin erishamiz.

Hech
qachon bilim olishdan to‘xtamang, hech qachon omadsizliklarga taslim bo‘lmang,
asosiysi bilim olish jarayonidan lazzatlanishni unutmang.

Manba: darakchi.uz

 

 

Izoh qoldiring