Oddiq o'qituvchi haqida oddiy hikoya

Главные вкладки

Hikoya...

Bir o'qituvchi hikoya qiladi:
Bir kollejga dars o'tish uchun borishim zarur edi.
Kollej uyimdan 18 kmlar uzoq edi. Yo'lga tushdim. Manzilga 300 metrlar qolganida mashinam buzilib qoldi. Shartta tushdimda, sumka, kitoblarimni ola solib piyoda yo'lga tushdim.
Kollejga borib favqulodda vaziyatlar bo'limiga qo'ng'iroq qilib, mashinam turgan joyga shatakka oluvchi yuk mashinasi yuborishlarini so'radim
Kotiba qiz so'radi:
-Tinchlikmi?
-Tinchlik, bugun mening omadli kunim bo'ldida o'ziyam.
-Mashinangiz buzilgan kunni omadli deb aytayapsizmi?!
- Albatta, uyimgacha 18 kilometr. Mashinam katta ko'chani istalgan joyida buzilishi mumkin edi. Lekin u eng zo'r joyda buzildi. Katta ko'chadan burilib biroz ichkariga yurganda. Men bemalol 300 metr toza havodan bahra olib keldim va bolalarni o'qitish uchun ajoyib fiklar keldi hayolimga. Buning ustiga shatakka oluvchi mashina ham topila qoldi. Bilasizmi, agar mashinam aynan bugun buzilishi peshonamga yozilgan bo'lsa, men bundanda qulayroq vaziyatni tasavvur qila olmayman.))))
Izoh:
Balki biz o'tgan ishni o'zgartira olmasmiz. Lekin o'tgan ishga nisbatan nuqtai nazarimizni o'zgartirgan, bundan nimanidir o'rgangan holda kelajak ishlarni kulib qarshi olishimiz mumkin.

Telegram dasturidagi @businesscompass kanalidan olindi