O'quv mashg'ulotlarini o'tkazganlik uchun soatbay haq to'lash miqdorlari tasdiqlanadi

Главные вкладки

 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “O'quv mashg'ulotlarini o'tkazganlik uchun mehnatga soatbay haq to'lash miqdorlarini tasdiqlash to'g'risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi. Bu haqda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, umumta'lim maktablari pedagog xodimlariga o'tgan darsi uchun soatbay haq to'lash miqdorlari quyidagicha bo'lishi mumkin: Qayd etilishicha, soatbay haq to'lash miqdori tarkibiga mehnat ta'tili haqi kiritilgan.

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq xo'jaligi fanlar akademiyasi akademiklari mehnatiga soatbay haq to'lash miqdorlari 15 foizga oshiriladi.

Konkurs va tanlovlar jyurilari a'zolari, shuningdek konkurs ishlari taqrizchilari mehnatiga haq to'lashda oliy ta'lim muassasalari talabalari bilan o'quv mashg'ulotlari olib borganlik uchun to'lanadigan soatbay haq to'lash miqdorlari qo'llaniladi.

Akademik litseylarga o'qituvchilik faoliyatiga mehnatga soatbay haq to'lash shartlarida jalb etiladigan oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilar tarkibi mehnatiga soatbay haq to'lashda oliy ta'lim muassasalari talabalari bilan o'quv mashg'ulotlari olib boruvchi shaxslar uchun nazarda tutilgan mehnatga soatbay haq to'lash miqdorlari qo'llaniladi.

Umumta'lim maktablarining 10-11-sinf o'quvchilariga kasbiy ta'lim berishga ixtisoslashtirilgan o'quv-ishlab chiqarish majmuasi ishlab chiqarish ta'limi ustalarining soatbay haq to'lash miqdori - 15581,2 so'm. O'quv mashg'ulotlarini soatbay haq to'lash asosida olib borganlik uchun haq to'lash xarajatlari ta'lim muassasasi xarajatlar smetasining hisob-kitoblar yoyilmasida alohida qator bilan ajratilgan soatbay haq to'lash fondi mablag'lari doirasi amalga oshiriladi. Soatbay haq to'lash miqdorlari akademik soatdan kelib chiqib belgilangan.