Qo'shimcha haq to'lanishi kerakmi?

Category: 

Assalomu alaykum, man ingliz tili òqituvchisiman, maktabda darslarni 2ga bòlib òtamiz, sherigim malaka oshirishga ketganligi sabab, òrnilariga boshqa ingliz tili òqituvchimiz darslarini man bilan bòlib òtib tursa, unga oylik tòlanadimi?

YURIST JAVOBI:
Yo‘q, to‘lab berilishi kerak deb hisoblaymiz.
O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida NIZOMga ko‘ra, xodim tomonidan mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan o‘zining asosiy ishi bilan bir qatorda ayni shu tashkilotda asosiy kasb va lavozim bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan ish vaqti davomida o‘sha kasb va lavozimdagi qo‘shimcha ishlarni bajarish xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirish, ishlar hajmini ko‘paytirish hisoblanadi.

Bir necha kasbda va lavozimda ishlashga, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirishga, ishlar hajmini ko‘paytirishga shunday kasb va lavozim bo‘yicha bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lganda yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xodim tomonidan vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan xodimning vazifalarini bajarishda yo‘l qo‘yiladi.

Byudjet tashkilotlarida bir necha kasb va lavozimda ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini ko‘paytirganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lash miqdori bir necha kasb va lavozimda ishlanayotgan lavozim bo‘yicha maoshning (tarif stavkasining) 50 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan holatlar bundan mustasno) va byudjet tashkilotlarining mehnatga haq to‘lash fondida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida to‘lanadi. Kasb (lavozim) bo‘yicha bir necha kasb va lavozim asosida bajariladigan ishlarni bir necha xodim o‘rtasida taqsimlashga yo‘l qo‘yiladi.

Demak, kasallik, malaka oshirish yoki boshqa sabablar bilan ishda bo‘lmagan xodimlarning o‘rnini bosish tartibida ishlab berilgan soatlar uchun haq soatbay haq to‘lash tartibida to‘lab beriladi.

Manba: @Yurist_xizmati

Izoh qoldiring

CAPTCHA
This question is for testing whether or not you are a human visitor and to prevent automated spam submissions.