Статьи

Interpretation of war tragedy in literature - The work of my pupil Xonzodabegim

 Davlatimiz yoshlarimiz uchun ko'pgina imkoniyatlar yaratib berayotgan bir vaqtda, bu imkoniyatdan keng foydalana olganlar talaygina. Shunday yoshlardan biri "Umid" IDUMIda tahsil olgan Rahmatova Xonzodabegimdir. O'quvchimizning Londondagi nashriyotlardan birida ham maqolasi chop etildi. Quyida siz uchun uning yana bir ijodini taqdim qilmoqchiman.

Английский

Farzandingizni televizor va kompyuter xavfidan saqlang!

Olimlarning fikriga qaraganda oxirgi paytlarda ijtimoiy muammoli bolalar bilan bog’liq muammolarning tez-tez uchrab turishi va ular sonining keskin oshganligi ta’kidlanadi. Shuningdek, bu muammoni bir qancha tashqi sabablarga bog’lash mumkin, ya’ni, hozirgi vaqtda axborot oqimining yuqoriligi (uzluksiz televizor ko’rish, kompyuterdagi har xil o’yinlar epizodlariga taqlid qilish, Internet tizimidagi norasmiy saytlar orqali har xil nomaqbul axborotlarni o’zlashtirishi) yoki kattalarning e’tiboridan chetda bo’lishi, oiladagi krizis va hokazolar.

Английский

Yugurishning 8 foydasi

 Yurak hamda qon-tomir tizimi uchun foydali. Muntazam yurugish bu a`zolarning yanada mustahkam ishlashiga yordam beradi.

Qonning kislorod bilan to`yinishiga ko`maklashadi. Jismoniy mashqlarni bajarishga ko`nikkan insonning yuragi kam harakat kishilarga qaraganda ko`proq qon haydaydi. Qon aylanish tezlashadi, organizmga kislorod ham ko`proq keladi.

Organizmning endorphin gormonini ishlab chiqarishga yordam beradi. Bu gormin kayfiyatingizning ko`tarinki bo`lishiga xizmat qiladi.

Английский

“Eng yaxshi o’qituvchi” ibratli hikoya

O’quv yilining ilk kuni. Sinf rahbari xonaga kirib bolalar bilan salomlashdi. «Sizlarning hammangizni yaxshi ko’raman, yana ko’rishib turganimdan xursandman», dedi. Biroq orqa qatordagi partada o’tirgan o’zi umuman yoqtirmaydigan bolaga ko’zi tushdi-yu, eski xotiralari qayta jonlandi. O’qituvchi u bilan ham boshqalar kabi o’tgan o’quv yilining boshida tanishgandi. Ushandayoq bolaning boshqalarga qo’shilmasligi, o’ynab-kulmasligi, kir-chir kiyimlaridan noxush hid kelishini payqagandi.

Английский

Maktab o’quvchisiga uyali telefon kerakmi?

Hech kim farzandiga yomonlik istamaydi. Ammo, ba’zan ularga qilayotgan mehribonligimiz, g’amxo’rligimiz panasida bilib-bilmay yomonlik qilib qo’yaayotgan bo’lsak-chi? Xususan, so’nggi o’n yillikda hayotimizning ajralmas bo’lagiga aylanib ulgurgan mobil telefonlar bolalarimiz uchun ham begona emas. Hattoki, ular mobil telefonlarning imkoniyatlarini o’zlashtirishda kattalardan ko’ra ilg’or. Ammo, tanganing ikkinchi tomoni bor-ki, bu haqida dunyo mutaxassislari bong urishni boshlagani allaqachonlar edi.

Английский

Bolaga uy vazifasini bajarishga yordam berish kerakmi yoki yo’q?

Ba’zi birinchi sinf o’quvchilari ota-onasining yordamisiz uy vazifasini bajara olishmaydi. Ammo bolalar maktabda berilgan uy vazifasini o’zlari bajarishlari lozim va ular buni qila olishadi. Keyingi maslahatlar shunday tartibda sanab o’tilganki, har bir keyingi maslahat oldingisiga qaraganda jiddiyroq ko’makni nazarda tutadi.

Английский