"Til o'rgangan kishi och qolmas ekan" - Til o'rganayotganlar uchun ruhlantiruvchi hikoya

Главные вкладки

Ushbu hikoyacha sizni til o'rganishga bo'lgan ishtiyoqingizni kuchaytiradi. Agar siz xorijiy til o'qituvchisi bo'lsangiz darsdan oldin shu hikoyani aytib bering va o'quvchilarni ruhlantiring. Agar farzandingiz bo'lsa, unga ham bu hikoyachani aytib bering. marhamat davomini o'qing

 

Ayyor tulki til o'rganib qorin to'ydirdi.

 

O'rmonda bir tulki kasal bo'lib yugurolmaydigan bo'lib qolibdi. Hatto hayvon ovlashga ham kuchi yetmas ekan. Tulki biror narsa ovlash maqsadida odamlar yashaydigan bir qishloqqa kelibdi. Lekin juda holsizlanib bir daraxt tagida o'tirib dam olibdi. Sal uzoqroqda bir nechta tovuq va xo'rozlar don yeb yurgan ekan. Tovuqlar "qut-qut-qut" deb ovoz chiqarib yurardi.

Shunda tulki ularni ovozlarini diqqat bilan eshitib o'rganishga harakat qilibdi. Tulki ham tovuqlarning tilini o'rganishga harakat qilib, "qut-qut-qut" - deya boshlabdi. Xullas bir necha daqiqa ichida tulki daraxt orqasiga bekinib tovuqlar tilida gapirishni ancha mashq qilibdi. Endi tulki ham balandroq ovozda "qut-qut -qut" deya boshlabdi.

Shunda uzoqdagi xo'rozlardan biri, Daraxt tagida tovuq bor bo'lsa kerak - deb o'ylab sokingina daraxt oldiga kela boshlabdi. Tulki esa bekinib "qut-qut-qut" deyaveribdi. Xo'roz esa bu ovozni tovuqniki deb o'ylab daraxt tagiga kelibdi. Tulki payt poylab daraxt orqasidan sakrab xo'rozni ushlabdi. Tulki xo'rozni maza qilib yeb qorin to'ydiribdi va shunday debdi: "Til o'rgangan kishi och qolmas ekan"
 
Manba: "Ingliz tilini o'rganamiz" guruhi.