O‘rindoshlik asosida qancha ishlash mumkin?

Главные вкладки

O‘rindoshlik asosida qancha ishlash mumkin?

O‘rindoshlik asosida ishlovchi jismoniy shaxslarning mehnat munosabatlari O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi (VMning 2012 yil 18 oktyabrdagi 297-son qaroriga ilova, keyingi o‘rinlarda – Nizom).

Nizomning 7-bandiga ko‘ra, o‘rindoshlik asosida ishlashda o‘rindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning ushbu toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo‘lishi mumkin emas (sog‘liqni saqlash tizimi vrach xodimlari bundan mustasno).

O'qituvchilar uchun turli mavzularda savol javoblar

Masalan,  ish joyingizda 1 stavkada ishlasangiz, o‘rindoshlik asosida faqat jami 0,5 stavkada ishlashga haqlisiz.

Mehnat kodeksida ish joyi sonlari bo‘yicha cheklovlar o‘rnatilmagan. Ishchi, o‘z xoxishiga ko‘ra, bir necha tashkilotlarda ishlashga haqli, faqat ish vaqti davomiyligi jami 1,5 stavkadan oshmasligi lozim.