Yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazorat imtihonlari o’tkazuvchi imtihon komissiya a’zolarining huquq-vazifalari

Главные вкладки

O’quv fani bo’yicha imtihon komissiyasi raisining huquq-vazifalari

1. Imtihon boshlanishidan bir soat oldin imtihon materiallari (guruhlar ro’yxati, imtihon biletlari, qur’a o’tkazish uchun raqamlar, bayonnoma, qog`oz, imtihondan ozod etilishi haqidagi hujjatlar, sinf jurnali va h.k.)ning mavjudligini tekshiradi;

2. Imtihon o’tadigan xonaning tayyorligini tekshiradi;

3. Imtihon boshlanishidan 15 daqiqa oldin imtihon komissiyasi a’zolarini ro’yxatdan o’tkazadi, ularga imtihon o’tkazish tartibini, baho qo’yish mezonlarini va ularning huquq-vazifalarini eslatadi;

4. Imtihon komissiyasi a’zolarining vazifalarini taqsimlaydi, ular uchun tanaffus vaqtlarini belgilaydi, imtihon jarayonida savol berish uchun ularga so’z beradi;

5. Imtihon bayonnomasining to’g`ri olib borilishini, baholarning adolatli qo’yilishini, imtihon to’g`risidagi yo’riqnomaning bajarilishini nazorat qiladi;

6. Imtihon tugab, baholar muhokamasi o’tganidan keyin ularni o’quvchilarga e’lon qiladi va o’tkazilgan imtihonning barcha materiallarini maktab direktorining o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosariga topshiradi:

- barcha imtihon komissiyasi a’zolari imzolagan imtihon bayonnomasi;

- fan bo’yicha barcha imtihon materiallari;

- o’quvchilarning imtihon ishlari bilanxomaki nusxalari.

 

Imtihon oluvchi o’qituvchining vazifalari

1. Maktabga imtihon boshlanishidan kamida 30 daqiqa oldin keladi, imtihon biletlarini va maktab shtampi qo’yilgan qog`ozlarni joylashtiradi. Yozma imtixonda topshiriqlarni doskaga yozadi;

2. O’quvchilarning davomatini tekshiradi, kelmaganlar bo’lsa navbatchi o’qituvchi orqali sababini aniqlaydi;

3. O’quvchilar javoblarini tinglashda va imtihon ballarini qo’yishda ishtirok etadi;

4. Sinf jurnaliga imtihon va yakuniy ballarni imtihon ballari e’lon qilingan kuni yozadi.

 

Asisstent-o’qituvchining vazifalari:

1. Maktabga imtihon boshlanishidan kamida 30 daqiqa oldin keladi, imtihon biletlarini va qog`ozlarni joylashtiradi. Yozma imtihonda vazifani doskaga yozadi;

2. Imtihon bayonnomasini to’ldiradi;

3. Imtihon jarayonida intizomga rioya qilinishini nazorat qiladi;

4. O’quvchilarning javoblarini tinglashda va imtihon ballarini qo’yishda ishtirok etadi;

5. Imtihon o’tayotgan xonadagi tozalikka javob beradi.