2023 yil 1 yanvardan o‘qituvchilarning ish haqi oshiriladimi?

Primary tabs

ish haqi

Ijtimoiy tarmoqlarda malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning oylik maoshi 2023 yil 1 yanvardan boshlab 25 foizdan 100 foizgacha bo‘lgan miqdorda oshirilishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Bu xabarni mutlaqo yolg‘on yoki asossiz deyolmaymiz. Chunki xuddi mana shu xabar 2022 yilning 25 yanvar kuni bizning kanalda e’lon qilingan. Ayni kunlarda o‘sha eski xabar ijtimoiy tarmoqlarda qayta-qayta tarqatilyapti. Hozir bunining sababini to‘liq tushuntirib berishga harakat qilamiz.

Yodingizda bo‘lsa, 2022 yil 11 mayda “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha Milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-sonli farmoni imzolangandi. Mana shu farmon imzolanishdan avval ya’ni yanvar oyida uni loyihasi e’lon qilingan. Biz ham 25 yanvar kuni aynan ana shu farmon loyihasini nazarda tutib post joylaganmiz.

Barchaga ma’lumki, normativ hujjatlar hukumat tomonidan tasdiqlanib, OAVda e’lon qilinmasdan avval yuridik kuchga ega bo‘lmaydi. Ammo normativ hujjat loyihasida nazarda tutilgan yangiliklardan fuqarolar xabardor bo‘lishi va tanishib chiqib o‘z fikrini bildirishi uchun ommaga e’lon qilib turiladi.

Xullas “2022-2026 yillarda Xalq ta’limi tizimini rivojlantirishning Milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoni loyihasida malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning oylik maoshi 2023 yil 1 yanvardan boshlab oshirilishi nazarda tutilgandi.

❕Ammo mazkur farmon imzolanishdan avval o‘qituvchilar oylik maoshini oshirish to‘g‘risidagi bandi Milliy dasturdan chiqarib tashlangan. Keyinroq esa ya’ni 2022 yil 11 mayda Prezident tomonidan mazkur Milliy dastur tasdiqlangan.

 

Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, o‘qituvchilar oylik maoshi oshirilishi kerak bo‘lgan ushbu bandlar farmondan chiqarib yuborilgan. Shu sababli 2023 yil 1 yanvardan boshlab malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning oylik ish haqi oshirilmaydi.

P.S: Hozircha boshqa normativ hujjatlarda ham pedagog xodimlarning oylik maoshlari oshirilishi bo‘yicha hech qanday ma’lumotlar mavjud emas.

© Ulug‘bek Po‘latov