9 May she'rlar

Primary tabs

Туккизинчи май 

Хотира куни 

Хар йил нишонлаб 

Утамиз уни

 

Булган ку уруш 

Жангу суронлар 

Канча юртдошлар 

Булмиш курбонлар 

 

Улар барчасин 

Ёдга оламиз 

Мардларга доим

Содик коламиз

 

Tinchlik abadiy bo'lsin

 

Chamanda lola unsin,

Insonlar havas qilsin.

Barcha bularni ko‘rsin,

Tinchlik abadiy bo‘lsin.

Bolalar doim kulsin,

Yuzlari oftob bo‘lsin.

Olam quvonchga to‘lsin,

Tinchlik abadiy bo‘lsin.

 

 

Yurtim ado bo’lmas armonlaring bor,

Toshlarni yig’latgan dostonlaring bor.

O’tmishingni o’ylab og’riydi jonim,

Ko’ksing to’la shahid o’g’lonlaring bor.

 

Yurtim, ko’nglimdek keng osmonlaring bor,

Yulduzni yig’latgan dostonlaring bor.

Osmonlaringdan ham diydorlaringa zor,

Jayrondek termulgan Cho’lponlaring bor.

 

  Qo’ling  qadog’iga bosay yuzimni,

Onamsan-ku og’ir  olma  so’zimni.

Qayinbarglar  yopib  qaro ko’zini,

Olislarda qolgan  Usmonlaring bor.

 

Qurboning  bo’layin  ey onajonim,

Sening faryodlaring – mening fig’onim.

O’tmishingni o’ylab o’rtanar  jonim,

Aytsam ado bo’lmas  armonlaring  bor.

 

 

9     МАЙ.

ХОТИРА   КУНИ.

БАРЧАМИЗ  БАЙРАМ

КИЛАМИЗ  УНИ

 

БОБОЛАР  ЖАНГДА

ГОЛИБ  КЕЛГАНЛАР

БИЗЛАРГА  ТИНЧЛИК

ОЛИБ   КЕЛГАНЛАР

 

ЭНДИ  ХЕЧ   КАЧОН

БУЛМАСИН  УРУШ

ОКМАСИН  КОНЛАР

ЯШАСИН  ТИНЧЛИК

 

БОЛАЛАР  КУЗИ  

ЕШГА  ТУЛМАСИН

ОНАЛАР  КАЛБИ

ГАМГА    ТУЛМАСИН

 

 

ХОТИРА МУКАДДАС

 

Ёдга олинг борлик олам жахонни

Хар бир утган азиз азиз инсонни

Дуо килинг мустахкам килиб иймонни

Хотира мукаддас хотира мангу.

 

Тарихдан ёд бизгача утдилар кимлар

Фаровон хаёт учун очди тилсимлар

Кадрламасак гунох киламиз таъзимлар

Хотира мукаддас хотира мангу

 

Осудалик учун жонлар булди фидо

Куплар якин ёридан булдилар жудо

Асрлардан хотирлар беради садо

Хотира мукаддас хотира мангу

 

Тинч замонга осонликча келмадик етиб

Кичик шахзода шеър ёз хотира этиб

Канча авлод бизлар учун конларни кечиб

Хотира мукаддас хотира мангу.

 

 

-May xotira kuni haqida she'r

Xotira bor ekan,tirikdir millat,

Tirikdir iftixor,tirikdir g‘urur.

Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,

Xotira — ertani yoritguvchi nur.

 

Hatto maysaning ham xotirasi bor,

Maysa xotirasi — nurga intilmoq.

Ko‘karsa — ikkiga bo‘lib tashlaydi

Yo‘lining ustida tursa hatto tog‘.

 

To quyosh osmonda porlab turarkan,

Osmonday mangusan,ey, ona xalqim!

Har bir fojiaga,har bir sharafga,

Baho bermoqqa ham yolg‘iz sen haqli

 

 

9-may -Xotira va qadrlash kuni.

Xurshid Davron.

 

Xotira bor ekan, tirikdir millat,

Tirikdir iftixor,tirikdir g'urur.

Xotira-elni xalq etguvchi qudrat,

Xotira -ertani yoritguvchi nur.

 

Hatto maysaning ham xotirasi bor,

Maysa xotirasi-nurga intilmoq,

Ko'karsa -ikkiga bo'lib tashlaydi.

Yo'lini ustida tursa hatto tog'.

 

To quyosh osmonda porlab turarkan,

Osmonday mangusan ,ey ona xalqim!

Har bir fojiaga, har bir sharafga,

Baho bermoqqa ham yo'lg'iz sen haqli!