Aptis testi namunalari

Primary tabs

Aptis imtihonini topshirmoqchi bo'lsangiz uning tarkibi va tuzilishi bilan tanishib chiqishingiz yuqori natijalar ko'rsatishingizga yordam beradi.

Aptis testini bajarish uchun qancha vaqt talab etiladi?

Aptis imtihonining bajarilish uchun sarflanadigan vaqt tanlangan til ko'nikmalariga bog'liq. Har bir ko'nikma uchun ajratiladigan eng maksimal vaqt quyidagicha:

  • Grammatika va so'z boyligi: 25 daqiqa,
  • So'zlashish: 12 daqiqa,
  • Yozish: 50 daqiqa,
  • O'qish: 35 daqiqa,
  • Tinglash: 40 daqiqa.

Aptisning tanlangan shakliga ko'ra: Aptis Advanced, o'qituvchilar uchun Aptis va o'smirlar uchun Aptisda ba'zi bir ko'nikmalar uchun ajratilgan vaqt yuqoridagidan farq qilishi mumkin. Barcha ko'nikmalarning sahifalariga tashrif buyurib to'liq ma'lumot olishingiz mumkin. 

Tayyorlanish uchun materiallar mana bu yerda: https://www.britishcouncil.uz/uz/exam/aptis/prepare-aptis