Boshqa davlatlarda o'qituvchi oyligi qancha?

Primary tabs

Boshqa davlatlarda o'qituvchi oyligi qancha? Bu savolga javob ko'pgina o'zbek o'qituvchilarini qiziqtirishi ajabmas. Quyida siz uchun dunyoning ayrim rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarida o'qituvchilarning oylik maoshini taqdim qilamiz. 

Kun.uzda qayd etilishicha, Yevropa markazida joylashgan ushbu mamlakatda o‘qituvchilar yiliga o‘rtacha 68 120 AQSh dollari ishlab topadi. Undan keyingi o‘rinda 52 863 dollar bilan eng boy va qimmat davlatlardan biri Shveytsariya turibdi. Yuqori uchlikni Germaniya yakunlab bergan – 51 583 dollari.

Top-10da Daniya (45 908 dollar), AQSh (42 255 dollar), Norvegiya (40 814 dollar), Avstraliya (39 819 dollar) va Kanada (39 511 dollar) bor. Osiyo qit'asida esa, pedagoglarga eng katta maosh Yaponiyada to‘lanadi – yiliga 28 101 dollar. Undan keyingi o‘rinda Janubiy Koreya (26 910 dollar). Osiyoning boshqa mamlakatlari va MDH davlatlari haqida ma'lumot berilmagan.

 

Darvoqe, o‘qituvchilarga to‘lanadigan maosh va mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik borligi ajablanarli emas. Masalan, Lyuksemburgda kishiga boshiga yalpi ichki mahsulot – 101 640 AQSh dollari. Kuchli uchlikdagi Shveytsariyaniki 61 902 dollar bo‘lsa, Germaniyada bu ko‘rsatkich - 47 092 dollar.

o'qituvchi oyligi