Chet tili o‘qituvchilariga B2 darajadagi sertifikat talabi 2023/2024 o‘quv yilidan kiritiladi

Primary tabs

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi 312-son qaroriga asosan, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchisi lavozimiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim.

Mazkur qoidaning amaliyotga joriy etilishi natijasida ayrim hududlarda chet tili fani o‘qituvchilarining umumta’lim maktablariga ishga qabul qilinishida muammolar yuzaga kelishi va o‘qituvchilarning yetishmovchiligi kuzatilmoqda.

 

Qaysi sertifikatlarga ustama beriladi? 

 

Ko‘plab murojaatlarni inobatga olib, shuningdek, maktablarda xorijiy tillarni o‘qitish jarayoni davomiyligini ta’minlash maqsadida Hukumat tomonidan V2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan cheti tili fani o‘qituvchilarining umumta’lim maktablariga ishga qabul qilinmasligi xususidagi talab 2023/2024 o‘quv yilidan kuchga kirishi yuzasidan topshiriq berildi.

Hurmatli ustozlar, oliy o‘quv yurti talabalari!

Maktablarda ta’lim sifati va pedagoglarning bilimiga belgilangan talablarga to‘liq javob berish uchun o‘z ustingizda ishlash va malakangizni oshirish choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz. Maktab ta’limi sifatini oshirishda pedagoglarning malaka va ko‘nikmalari yuqori darajada bo‘lishi kerak.

O'zbekistonda eng ko'p maosh oladigan kasblar

rich teacher

Eslatib o‘tamiz, 2024/2025 o‘quv yilidan maktabdagi har qanday chet tili fani o‘qituvchisi B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi. O‘z navbatida C1 darajadagi xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchilar ham ayni vaqtda oylik ish haqlarini 50 foizga oshirish imkoniyatiga ega.