Informatika fanidan topishmoqlar

Primary tabs

Kelmaydiyu mushtimcha, Bajaradi ish shuncha!?   sichqoncha

P.dan boshlanar nomi Pechatlashdir imkoni? printer

Ko'rinadi tasvirlar,

Bo'lmasada u borliq,

Ichida ko'pdir sirlar,

Obyektga bog'liq ...? yorliq

Bosib olib yuzini, Ko'rsatadi izini? skaner

Safda turar 100 lashkar

Goh yakka goh birlashar.

Bilsang bas ular sirin,

Ko'p ishda ko'maklashar? klaviatura

Nimani tersang, shuni ko'rasan? monitor

Hisobchixon urinma,

Yo'q bo'lsa bu qurilma?  kalkulyator

Egallar oz-ko'p trafik, Tasvir turi ...? grafik

Bog'lab berdi jahonni,

Berdi katta imkonni?  internet

Wordda giperssilka, Bosilar ...?   ctrl+k

Saqlash uchun tayyor tez, Bosilsa gar ... ? ctrl+s

Ko'p qo'llanar albatta, Rasmlarda kengaytma? jpg

Qo'shni bilan bog'laydi, Hamkorlikka chorlaydi?   tarmoq

Lupani olib qo'lga, Amaki chiqdi yo'lga?   Poisk yoki qidiruv

Wordmi, excel bor bari, ...? office dasturlari

Grafik redaktor turi, ... dasturi?   Corel draw dasturi

Satr, ustun birlashib, ... deb nom oldi? Yacheyka yoki katakcha

Jadvallar jamlanmasi, ... programmasi?   excel

Yo'q qilay virusni deb, Ishga tushdi ...?  doctor web

Tuzdi tezda dasturlar, Daho bular ...?   hakkerlar

 

Muallif: Gurlan tumani 27-maktab Informatika fani o’qituvchisi Nasurlayeva Sabohat