Maktabda Kundalik.com, erp.maktab.uz, xt.uzedu.uz, attestat.uzedu.uz kabi bir qancha platformalarga adminlik qilayotgan xodimlarga ustama to‘lab bersa bo‘ladimi?

Primary tabs

Hozirgi kunda axborot texnologiyalari rivojlanib, maktablarda Kundalik.com, erp.maktab.uz, xt.uzedu.uz, attestat.uzedu.uz kabi paltformalar joriy qilindi. Mana shu platformalarga odatda direktorning o‘quv-ishlari bo‘yicha o‘rinbosari yoki informatika fani o‘qituvchilari admin sifatida biriktirilgan.

Ustama qanday tanlov, musobaqa va tadbirlarda olinadi?

Hozirda juda ko‘pchilik Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-sonli farmonini asos qilib, yuqoridagi platformalarda adminlik vazifasini bajarayotgan xodimlarga ustama to‘lash mumkinmi deb savol bermoqda.

 

!Bizningcha, maktabdagi hech bir xodimga yuqoridagi ustamalarni tadbiq qilib bo‘lmaydi. 

 

To‘g‘ri, PF-5349-sonli qarorning 7-bandida davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori davlat byudjetidan, davlat byudjetidan ajratilmagan bo‘lsa, ushbu tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanishi aytilgan.

 

Ammo bu ustamalarni to‘lab berilmasligiga bir nechta sabablar bor. Birinchidan, mazkur ustamani qaysidir xodimga to‘lab berish uchun maktablarda aynan shunday nomdagi lavozim shtat birligi bo‘lishi lozim. Maktablarda esa "Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini joriy qilish va rivojlantirish" lavozimi tarkibiga kiruvchi shtat birligi mavjud emas.

O'zbekistonda eng ko'p maosh oladigan kasblar

Ikkinchidan, PF-5349-sonli qarorda har oylik ustama miqdori davlat byudjetidan, davlat byudjetidan ajratilmagan bo‘lsa, ushbu tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan to‘lanishi aytilgan. 

 

Hozirgi kunda esa mana shu harajatlar uchun maktablarga davlat byudjeti hisobidan mablag‘ ajratilmagan. Maktablarning byudjetdan tashqari mablag‘lari esa har oyda qaysidir xodimga ustama to‘lab berishga kamlik qiladi.

 

Agar Xalq ta’limi vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Moliya vazirliklari bilan kelishib, ta’lim muassalarida mana shunday lavozimni joriy qilinib, ushbu harajatlar uchun davlat byudjetidan mablag‘ ajratilsagina yuqorida nazarda tutilgan ustama mas’ul xodimlarga to‘lanishi mumkin bo‘ladi. Hozircha esa bu imkonsiz deb hisoblaymiz.

 

Manba