O‘qituvchi malaka oshirishdan o‘tmasa shartnoma bekor qilinadi

Primary tabs

savolga javoblar

O‘qituvchi malaka oshirishdan o‘tmasa ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi

 

Pedagog xodimlar egallab turgan lavozimlari, mutaxassisligi yoki dars beradigan fanlari bo‘yicha kasbiy va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi uchun asosiy ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda malaka oshirishga chiqishi zarur. 

Maktabda Kundalik.com, erp.maktab.uz, xt.uzedu.uz, attestat.uzedu.uz kabi bir qancha platformalarga adminlik qilayotgan xodimlarga ustama to‘lab bersa bo‘ladimi?

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi 25-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq pedagog xodimlar asosiy ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda malaka oshirish kurslaridan uzrli sabablarsiz o‘tmagan taqdirda, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi amal qilish muddatidan qat’i nazar, belgilangan tartibda ikki oy mobaynida bekor qilinadi.

 

Soddaroq tilda tushintiradigan bo‘lsak, pedagog xodim o‘z vaqtida malaka oshirish kurslariga chiqmasa egallab turgan lavozimidan ozod qilinadi.

Professional ta’lim muassasalari soni O'zbekistonda nechta?

Shu sababli pedagog xodimning ta’lim muassasasida o‘z lavozimidagi faoliyatini davom ettirishi uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti bilan bevosita tuzilgan shartnoma asosida o‘z malakasini oshirgan bo‘lishi talab qilinadi.