O‘qituvchilar attestasiyasi AQSh va Koreyada qanday?

Primary tabs

Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan xorijiy davlatlardagi o‘qituvchilar faoliyatini baholash bilan bog‘liq tartiblar o‘rganilganda quyidagilar aniqlangan:

Janubiy Koreya

O‘qituvchilar faoliyatini baholash “O‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini baholash” tizimi asosida olib boriladi.

Ushbu tartib joriy etilgunga qadar o‘qituvchilar faoliyati faqat direktor tomonidan baholab kelingan bo‘lsa, yangi tizimga ko‘ra kamida uchta o‘qituvchi, maktab direktori va o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari baholash jarayonida ishtirok etishadi.

Baholovchilar o‘qituvchiga turli kompetensiyalar bo‘yicha 5 balli likert shkalasida ball qo‘yadi, bunda 1 ball eng past ball, 5 ball esa eng yuqori ball hisoblanadi.

Baholashda past ball olgan pedagoglar O‘qituvchilar malakasini oshirish muassasalarida 60 soatdan 210 soatgacha kasbiy tayyorgarlikdan o‘tishlari kerak. Agarda ular  keyingi yili o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshilay olmasalar, olti oyga dars mashg‘ulotlaridan chetlashtiriladi va Ta’lim, fan va texnologiyalar milliy institutida 730 soatlik kasbiy tayyorgarlikdan o‘tishlari kerak bo‘ladi .

 

AQSH 

 

O‘qituvchilar faoliyatini baholash tartiblari shtatlar tomonidan mustaqil tarzda belgilanadi. 31 ta shtatda o‘quvchilarning o‘qituvchi faoliyatiga bildirgan fikrlaridan asosiy baholash ko‘rsatkichlaridan biri sifatida foydalaniladi.

Ilg‘or tajribani inobatga olgan holda, o‘qituvchilarning pedagogik mahorati va kasbiy salohiyatini baholash jarayonlariga o‘quvchilar va ota-onalarni ham jalb etish, bunda «kundalik.com» ning texnik imkoniyatlaridan foydalanish taklif etiladi.

 

© Bahodir Ahmedov