O‘qituvchilar kunida 460 ming so‘mdan mukofot berilishi rostmi?

Primary tabs

Mukofot puli.

JAVOB: Albatta, rost. Agar rahbaringiz va uni tepasida turgan rahbarlar vijdonini yemagan bo‘lsa bu mukofotni olishga haqlisiz. 

 

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 29 bandiga asosan umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat «1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (920 ming so‘m)ning 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin.

 

Hurmatli rahbarlar, sizga ham sal insof kirib siz-u bizni tabriyalagan o‘qituvchilarga bering shu mukofot pulini. Ha aytgancha, faqat berilgan pulni turli yo‘llar bilan ulardan qaytarib ham olmang. 

O'qituvchilar uchun eng foydali savol-javoblar!

Attestasiya savollar