O'zbekistonda eng ko'p maosh oladigan kasblar

Primary tabs

Davlat statistika qo‘mitasi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi miqdorini ma’lum qildi.

Shu yil yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi 3,72 mln so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida 2,97 mln so‘m bo‘lgan.

Eng yuqori maosh olayotgan soha vakillari:

Barcha uchun foydali ibratli hikoyalar to'plami

-dasturlash sohasidagilar – 10,4 mln so‘m;

-bank, moliya va sug‘urta sohalarida faoliyat olib borayotganlar — 9,73 mln so‘m;

 -axborot va aloqa sohasida ishlayotganlar – 6,97 mln so‘m;

-tashish va saqlash sohasidagi xodimlar – 4,85 mln so‘m.

Eng kam daromad sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar (2,51 mln so‘m) va ta’lim (2,59 mln so‘m) sohalarida qayd etilgan.
Bu hisobotda qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik sub’ektlari hisobga olinmagan, chunki ular yilda bir marta hisobot taqdim etishi belgilangan.