Savol: Assalomu alaykum.Men maktabda oliy toifali tarix fani mutaxassisiman. Agar IELTS dan 5.5 yoki Cefrdan B2 olsam maoshimga 50% li ustama qoshladimi?
Javob:
Ta’limga oid eng aktual savol javoblar
!Yo‘q tarix o‘qituvchisi uchun chet tilidagi sertifikatlar ustama olish huquqini bermaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022 yildagi PF-134-son Farmoni 9-bandiga ko‘ra xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan.
Ushbu farmon ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 29 iyulda 34 q/k, 15-xx sonli qo‘shma qarori qabul qilindi.
O'quvchilar va ularning ota - onalari uchun 100 ta mantiqiy savollar (javoblari bilan)
!Ushbu qarorga muvofiq o‘qituvchi bir nechta sertifikatga ega bo‘lgan taqdirda, unga ustama yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat bo‘yicha to‘lanadi. Ushbu qarorga muvofiq ustamalar har bir fan bo‘yicha belgilangan.
Misol uchun informatika fanidan Google for Education, ISTE CERITIFICATION, MCE, Leading Edge Certifications kabi o‘quv kurslari yakunlanganligi haqida sertifikat mavjud bo‘lganda, unga 50 foiz ustama to‘lanadi.
Shunga ko‘ra siz 34-son qo‘shma qarorda ko‘rsatilgan tarix fani bo‘yicha sertifikatni olsangiz, sizga ustama to‘lanadi.