Qaysi sertifikatlarga ustama beriladi

Главные вкладки

1 sentyabrdan xalqaro yoki milliy sertifikatga ega bo‘lgan MAKTAB o‘qituvchilariga 50 foizgacha ustama beriladi.

2022 yil 11 maydagi PF-134-sonli Prezident Farmoniga ko‘ra, 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab umumta’lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga quyidagi tartibda har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi:

- xalqaro tan olingan va unga tenglashtirilgan milliy sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;

Zoomda video konferensiya, dars, seminar yaratish

 

- xalqaro talablarga javob bermaydigan milliy sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida.

Pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama sertifikat amal qilish muddati davomida, lekin uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida to‘lanadi.

Agar o‘qituvchi umumta’lim fanlari bo‘yicha bir nechta sertifikatga ega bo‘lsa, yuqoriroq foizli ustama beruvchi sertifikat bo‘yicha ustama to‘lanadi.

 

Qaysi fanga qaysi sertifikat o‘tadi?

Ko‘pchilik shu savolni bermoqda. Masalan, men informatikadan dars beraman va IELTS sertifikatim bor, menga ustama beriladimi, deb so‘rashmoqda.

Yuqoridagi ustama o‘z ixtisosligi bo‘yicha beriladi. Qaysi fan bo‘yicha qaysi sertifikat ustama olish huquqini berishi quyidagi faylda belgilangan, ro‘yxatdan ko‘rib olishingiz mumkin.

Ustama beriladigan sertifikatlar ro’yhatini — yuklab olish