O‘qituvchilar haqida maqollar va maqtovlar

Главные вкладки

 

-Dunyoda bitta kasb bor: o‘qituvchilik. Qolgan kasblar uning hosilasidir.

 

-Millatning ertasi maktablardan boshlanadi.

 

-O‘qituvchi bir umr bola bo‘lib qoladi.

 

-O‘qituvchi bir vaqtning o‘zida ona, ota, bobo, buvi, aka, opa,  do‘st bo‘la oladi.

 

-O‘qituvchida otaning qattiqqo‘lligi, onaning mehri bo‘lishi kerak.

-Hech kimning 30 nafar farzandi yo‘q. O‘qituvchida esa bor.

 

-Hamma o‘z bolasini sevadi. O‘zganing bolasini sevish, unga ta’lim-tarbiya berish esa har kimning ham qo‘lidan kelmaydi.

Buning uchun insonda katta yurak kerak bo‘lishi kerak.

 

-Bolalarni seva olmagan kishidan o‘qituvchi chiqmaydi.

 

-O‘qituvchilik-bu hali ustozlik degani emas.

 

-O‘qituvchilik-bu kasb.

Ustozlik esa baxtdir.

 

-Hayotingiz davomida hech bo‘lmasa bitta shogirdingiz sizni ustoz sifatida tan olmasa, umringiz shamollarga sovrilibdi.

 

-O‘quvchilarim meni ustoz sifatida emas, avvalo, inson sifatida yaxshi ko‘rishlarini istayman.

 

-«Darsimda pashsha uchsa bilinadi»-deydigan o‘qituvchilar rost gapiradi. Ularni faqat pashsha qiziqtiradi.

 

-Amir Timur dunyoni tig‘ bilan, Navoiy qalam bilan olgan bo‘lsa, ustozlar dunyoni bo‘r bilan oladi.

 

-Bu hayotda oddiy sinf rahbar bo‘lmaydi. Sinf rahbar bo‘ldingmi, chida. Mushtni mushtga tugib chida, tishni tishga qo‘yib chida. Sinf rahbarlikni chidaganga chiqargan.

 

-Bugun sinf rahbarlik olib, uning mas’uliyatiga chidolmay, ertaga tashlab yuboradigan o‘qituvchining o‘zini «tashlab» yuborish kerak.

 

-Ustoz yaqinmi, ota?

-Ota. Agar u ustoz bo‘lsa.

 

 

-Haqiqiy o‘qituvchining qahrida ham bolaga nisbatan mehr ufurib turishi kerak.

 

-Eng yomon o‘quvchimni boshqa sinfdagi 10 nafar eng yaxshi o‘quvchiga alishmayman.

 

-O‘quvchingiz hayotiy masalada sizdan maslahat, yordam so‘rayapdimi, demak, ustoz darajasiga yetibsiz, muborak bo‘lsin.

 

-Hech qachon o‘quvchilaringizga odam bo‘lmaysan, demang. Uningku tanlash imkoniyati bor. Sizda esa hatto shu ham yo‘q.

 

-Bugungi jinoyat kechagi tarbiyaning mahsulidir.

 

-Biz ustozlar o‘quvchilarimizga maktabda emas, hayotda a’lochi bo‘lishlari uchun ko‘mak berishimiz kerak.

 

-Ustozning hattoki qadam tashlashi ham tarbiya bo‘lishi kerak.

 

-Shogirdlariga faqat ta’lim bergan o‘qituvchi mutaxassis tayyorlaydi. Shogirdlariga ta’lim-tarbiya bergan o‘qituvchi insonni yetishtiradi.

 

-O‘quvchingiz sizni ota-onasining noo‘rin aybidan himoya qilayapdimi, demak siz uning qalbidan joy olibsiz.

 

-Ustozlar farzandlarining yutuqlaridan ko‘ra, shogirdlarining yutuqlariga ko‘proq quvonadi.

 

-Yuksaklarga chiqmoqchi bo‘lsangiz, pastga tushib o‘quvchilar bilan birga bo‘ling. Kun kelib ularning o‘zi sizni yuksaklarga olib chiqadi.