o'qituvchi

Bola xulqining yomonligiga faqat o'qituvchi aybdormi?

O’qituvchi sifatida o’z darslarimda ko’pgina vaziyatlarga duch kelaman. Ba’zida darsni vaqtga taqsimlash muammosi tug’iladi, ba’zida esa o’quvchilarning xulqi meni qiynab qo’yadi. Ayniqsa, keyingi muammo hozirgi kunda hamma o’qituvchini qiynab qo’ymoqda deb aytsam, adashmagan bo’laman. Aynan bugungi kunga kelib, o’qituvchi dars o’tish davomida o’quvchilarning yomon xulqidan “bezib” qolmoqda. Avvallari bunday muammo yo’q edi.

English