MTCP dasturi bo'yicha Malaysiyada malaka oshirish

Главные вкладки

Malayziya texnik homkorlik dasturi (MTCP) doirasida Malayziya Pedagogik ta’lim instituti tomonidan joriy yilning 31-iyul-25-avgust kunlari "Ingliz tilini o’qitish pedagogikasida innovatsiyalar” mavzusidagi o’quv kursi tashkil etilmoqda. Ushbu o’quv kursida ingliz tilidan mukammal bilimga ega bo’lgan ingliz tili o’qituvchilari va ingliz tili metodistlari ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilarga qo’yilgan talablar quyidagilar:

•    barcha ingliz tili o’qituvchilari;

•    25-45 yosh oralig’ida bo‘lgan;

•    boshqa MTCP kurslariga ishtirok etmagan bo‘lishi

•    jismonan sog‘lom bo‘lishi;
•    ingliz tilidan mukammal bilimga ega bo‘lishi lozim.
 
Anketa shaklini 2 ta original shaklda vazirlikka joriy yilning 25-aprel kuniga qadar taqdim etilishi zarur. Yakuniy turda barcha nomzodlar orasidan eng yaxshi nomzod tanlab olinadi.

Batafsil ma`lumotlar uchun telefon: 0(371) 239-17-60

O‘quv kursi dasturi va anketa shaklini yuklab olish.