Peshonamga ikki qo'ygan ustozimga rahmat!

Главные вкладки

Biz o’quvchi bo’lgan paytlar…
(Yohud peshonamga ikki qo’ygan, yuzimga tarsaki tortib, shvabra bilan urgan o’qituvchilarimga ming rahmat! Lekin qo’limga igna tiqmagan o’qituvchimdan sal hafaligim qolgan…)
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda, veb saytlarda, rasmiy yoki norasmi xabarlar orqali ommaviy axborot vositalarida ko’p ko’zimiz tushayotgan xabarlarning bir turi, juda shov shuvlarga sabab bo’lib og’izdan-og’izga o’tayotgan “yangiliklar”ning o’ziga xos bo’lgan ko’rinishi bu o’qituvchining o’quvchiga munosabati masalasi! Bu ochiqchasiga aytganda qaysidir sayt yoki sahifaning reytingini ko’tarib olish yoki rehitingini ushlab turish mexanizmidir.
Demak muammo! Shu o’rinda bir psixologik omilga e’tibor berayliga, masala va muammo tushunchalari. Masala bu yechimi va chiqish yo’llari mavjud bo’lgan chigallikdir. Muammo esa to’rt tomondan va yeru-ko’kdan devor bilan qoplangan vakuumni ichida qolib ketishdir. Har qanday vaziaytni muammo yoki masala deb bilish avvalo bizning masalaga munosabatimizga bog’liq. Psixologlarning oltin falsafalaridan biri bu “muammo aslida muammo emas, unga bo’lgan munosabatimiz muammodir” iborasidir. Qarangki shu shov shuvli xabarlardan bizning munosabatimiz, o’qituvchi va pedagoglarga qarashimiz o’zgarib bormoqda. Yomon tomonga. Ijtimoiy tarmoqlardagi tarqalayotgan xabarlarda bir o’qituvchi unaqa qilibdi, bir o’qituvchi bunaqa qilibdi deb vahima ko’tarilgani, uni ketidan izohlarda (comment) o’qituvchilarni, xatto umuman hozirgi o’qituvchilar deb buralatib so’kayotganlar ham, o’qituvchi zoti manziliga johillarcha tosh otayotganlar ham yo’q emas. Ey odamzod seni o’zing bir bolaga bir soat o’tirib bitta matnni hijjalab o’qitib ko’rganmisan avval. Sen 30 va undan ortiq bo’lgan bolani bir soat bir mavzuga e’tiborini qaratib yaxshilikka chorlaganmisan. Hozirgi bolalar gippefaol, indigo, melanxolik, flegmatik, optimist, pisimist, passiv, agressiv, iqtidorli….bu ro’yhatni 100 dan ortiq xususiyatlar bilan davom ettirish mumkin. Shuncha bolani o’ziga xosligini, individualligini inobatga olib tushunib yaxshilik, ilmyu-ziyo o’rgatish osonmi. Birgina sinf rahbar 30 ta bolani butun oilasi va oilaviy munosabatlariyu, muammolaridan kelib chiqib bolani tushunishi, uni o’ylashi kerak. O’qituvchi ham odam, u qizishmaydimi, unda emotsiya yo’qmi!? Ko’plarimiz uydagi kichik uka-singillarimiz, farzandlarimiz bilan 1-2 soat qolib ketsak qancha jig’i biyron bo’ladiganlarimiz bor. Nima desangiz deng, madaniyatingiz shuni qabul qilsa so’king ammo men o’qituvchini tarafini olaman! O’qituvchi haq!
“Uztoz otangdek ulug’” deb mening ajdodlarim aytgan, agar o’zbek bo’lsangiz sizning ham! Mening ajdodlarim farzandini ustoziga “Eti sizniki suyagi meniki” deb topshirgan. Guruchdan hadeb kurmak qidiravermaylikda endi. Oldimizdagi taomni yeb turib ichidan bir tosh chiqsa ovqatga tuflash kerak emas. Biz o’quvchi bo’lgan paytlar mening ham peshonamga ikki qo’ygan, yuzimga tarsaki tortib, shvabra bilan urgan o’qituvchilarimga ming rahmat aytaman. Agar ular bo’lmaganida ertaga biror nima o’rganay deb men kitobni qo’limga ham olmas edim. O’qituvchimga qilgan yomon muomalam sabab yuzimga tushgan tarsaki menga odobni, kattalarga hushmuomalani o’rgatgan! To’g’ri jondan o’tib ketgan joyi bordir, biroq har holda u aytgan so’zimni hozr qayta og’zimga olmayman. Guruhbozlik qilib urushganmiz yuqori sinfda o’qigan kezlarimiz, jazavaga tushib yititchalar urushayotgan paytimiz, “ha jo’jaxo’rozlar” degan hayqiriq bilan jismoniy tarbiya o’qituvchimni shvabrasi yelkamga tekkan. Sport zalda 2 soat tik turib daki eshitganmiz. Qayta maktabda urush bo’lmagan, men o’shandan keyin umuman boshqa bolani yuziga musht tushurmadim. Lekin qo’limga igna tiqmagan o’qituvchimdan sal hafaligim qolgan, chunki ustoz meni ham ayamsdan qo’limga igna tiqib o’rgatganda edi meni ham yozuvib rosa chiroyli bo’larmidi ehtimol! Qaranga biz qanday holda bo’lsak, nimaga erishsag, muvaffaqiyat yo teskarisi ustozlarimiz “aybdor”! Shunday buyuk ishlar uchun aybdorlarni so’kib haqorat qilish yaxshi emasda. Ularga faqat bosh egamiz! Rahmat Sizga ustozlarim!

Afsuski mazkur maqola muallifining nomi berilmagan.

Agar maqola sizniki bo'lsa, iltimos menga xabar bering. Sizni mehnatingizda ismingizni qo'ymasdan foydalanayotganim uchun uzr.