Ona tili va adabiyot o‘qituvchilari o‘rtasida tanlov e’lon qilindi

Главные вкладки

5 ta muhim tashabbus doirasida kitob mutolaasi va kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi hamda Respublika iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash «Ulug‘bek» jamg‘armasi bilan hamkorlikda «Nutqimizda so‘zlar jilosi» shiori ostida umumta’lim maktablarining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari o‘rtasida joriy yilning noyabr oyida tanlov tashkil etilmoqda.

Tanlov 2-bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich: Ijodiy ishlarni qabul qilish – 2020-yilning 1-20-noyabr kunlari;

2-bosqich: Ijodiy ishlarni ekspertlar guruhi tomonidan ko‘rib chiqish – 2020-yilning 20-30-noyabr kunlari etib belgilangan.

Tanlovda ona tili va adabiyot o‘qituvchilari o‘zbek mumtoz adabiyotini o‘qitishning zamonaviy yo‘llarini 5 daqiqalik videorolikda ko‘rsatib berishlari lozim.

Ushbu tanlovda har bir hududdan 1 nafardan g‘oliblar aniqlanib, ularga pul mukofotlari va maxsus diplomlar topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, ishtirok etish uchun videoroliklar 5tashabbus_uymizda telegram botiga yuborilishi lozim.

Tanlov nizomi bilan vazirlikning saytida tanishishingiz mumkin.

 

Manba