Metodbirlashma rahbarlari uchun ustoz-shogird nizomi

Главные вкладки

Xalq taʼlimi tizimida “Ustoz-shogird” maktabini tashkil etish va amalga oshirish mexanizmi

 

Zamonaviy shaklga ega boʼlgan maktabga bugungi kunda yuqori kasbiy layoqatga ega, tajribali, mahoratli, mustaqil fikrlaydigan, nazariy bilimlarni amaliyot bilan chambarchas bogʼliq holda olib boradigan kuchli mutaxassislar kerak. Taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish, oʼqituvchilarga amaliy-metodik yordam berish, ayniqsa maktablarda endi ish boshlagan oʼqituvchilarga ish jarayonini toʼgʼri tashkil etishi uchun maslahatlar berish, pedagogik jamoalardagi tajribali oʼqituvchilarga izdoshlarini biriktirish bugungi kun zamonaviy maktabida eng muhim vazifalardan biridir.

Bu yoʼnalishda Xalq taʼlimi tizimida “Ustoz-shogird” maktabi, “Yosh oʼqituvchilar maktabi”, “Ilgʼor tajriba maktabi” kabi metodik ishlarni tashkil etish koʼp yillardan buyon maktab tajribasida qoʼllanilib kelinmoqda. Jumladan, oliy oʼquv yurtini bitirib, endigina maktabda faoliyat boshlagan “Yosh mutaxassis”ni jamoadagi tajribali oʼqituvchiga 3 yil davomida biriktirib qoʼyish tajribasi ham mavjud.

 

button