Bolalar bilan suhbatlashish uchun qiziqarli savollar

Главные вкладки

1. Qaysi o'yinni o'ynashni yoqtirasiz?

2. Agar sizda biron bir hayvonga aylanish imkoni bo'lsa, qaysi hayvon bo'lar edingiz va nima uchun? 

3. Avtomobil ichida nima qilishni yoqtirasiz?

4. Agar sizda hozir biron joyda paydo bo'lish imkoni bo'lsa, qayerda paydo bo'lardingiz? Nima qilgan bo'lardingiz? 

5. Yuzingiz bilan qanday kulguli ko'rinish qila olasiz? 

 

Bog'cha bolalari qo'shiqlari mp3 to'plam

 

6. Sevimli qo'shig'ing qaysi va nega bu qo'shiqni yoqtirasan? 

7. Hayotingda eng zo'r bayram qaysi bo'lgan? 

8. Agar siz oziq-ovqat do'konida bo'lsangiz, qaysi mahsulotni sotil olishni istardingiz? 

9. Qaysi hayvonlarning tovushini qila olasiz? 

10. Kimni yaxshi ko'rasan va nimaga? 

11. Katta bo'lganingda kim bo'lmoqchisan? 

12. Qo'lingda million dollar bo'lganda, pulni nimaga ishlatgan bo'lar eding? 

13. Sizga yoqmaydigan narsa nima? 

14. Sizga yoqadigan narsa nima? 

15. Yozda nima qilishni yoqtirasiz? 

16. Qishda nima qilishni yoqtirasiz? 

 

"Ingliz tili Benni bilan" - bolalar uchun android dasturi

 

17. Sizningcha eng zo'r o'yinchoq nima? 

18. Televizorni ko'p tomosha qilish yaxshimi yoki yomon? 

19. Eng sevimli multfil qahramoningiz kim? 

20. Oilada aynan kim bilan ko'p vaqtni o'tkazishni hohlaysiz? 

 

Болалар ёлғон гапиришни кимдан ўрганади?