19-mart 3-chorakning oxirgi dars kuni bo'ladi

Главные вкладки

Mamlakatimiz umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 2021-2022 oʻquv yilining 3-choragi oʻz yakuniga yetib bormoqda.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra tasdiqlangan Nizomga muvofiq maktablarda bahorgi taʼtil 2022-yilning 21-mart kunidan boshlanib, 2022-yilning 27-mart kuni yakunlanishi kerak.

20-mart kuni yakshanbaga toʻgʻri kelayotganligi uchun, maktablarda 20-mart kuni emas, balki 19-mart kuni 3-chorakning oxirgi dars kuni, 28-mart kuni esa 4-chorakning birinchi dars kuni boʻladi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2017-yilda tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, maktablarda taʼtil kunlari quyidagicha belgilangan:

 

- kuzgi taʼtil — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun

 

- qishki taʼtil — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun; 

 

- bahorgi taʼtil — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;

 

- oxirgi bosqichli nazorat sinovi oʻtkazilgan kundan (bosqichli nazorat oʻtkazilmaydigan sinflar uchun oʻquv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1-sentyabrgacha.

 

1 sinf oʻquvchilari uchun fevral oyi davomida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil belgilanadi.

 

Bayram kuniga toʻgʻri kelib, qoldirilgan mavzular ixchamlashtirilgan (tigʻizlashtirilgan) holda oʻtiladi va jurnalga yoziladi.