1,5 stavka ishlashning qonuniy tartibi

Primary tabs

1,5 stavka ishlashning qonuniy tartibi. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomi 5-bandiga koʻra oʻrindoshlik asosida ishlashga, agar ushbu Nizomda oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, asosiy ish joyida (ichki oʻrindoshlik) yoxud boshqa tashkilotda (tashqi oʻrindoshlik) ishlashga yoʻl qoʻyiladi.  

Attestatsiyani baholash mezoni qanday? Bilib oling! 

- Oʻrindoshlik asosida ishlash uchun ish beruvchining, asosiy ish joyidan kasaba uyushmasi qoʻmitasining (xodimlarning boshqa vakillik organining) yoki boshqa organning roziligi talab qilinmaydi.

- Qoidaning mazmuniga koʻra siz asosiy ish joyingizdagi rahbarlarning roziligini olishingiz shart emas.

- Lekin esdan chiqarmaslik kerakki, ushbu nizomning 7-bandiga koʻra, oʻrindoshlik asosida ishlashda oʻrindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning ushbu toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq boʻlishi mumkin emas (sogʻliqni saqlash tizimi vrach xodimlari bundan mustasno). Xodim asosiy ish joyidagi mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod boʻlgan kunlarda u oʻrindoshlik asosida toʻliq ish kunida ishlashi mumkin.

Attestasiyaga jalb qilinmaydigan o'qituvchilar kimlar? Bilib oling!

- Agar tashkilotda oʻrindoshlar uchun ish vaqti davomiyligining har kungi yarim normasiga rioya etilishi mumkin boʻlmagan taqdirda ish vaqtini jamlangan holda hisoblab yuritishga yoʻl qoʻyiladi. Ish vaqti jamlangan holda hisoblab yuritilganda oʻrindoshlik asosida ish vaqtining umumiy davomiyligi hisobga olinadigan davr uchun oʻrindoshlik asosidagi lavozim boʻyicha ish vaqti normasining yarmidan ortiq boʻlmasligi kerak. Bunda hisobga olinadigan davr bir oydan ortiq boʻlmasligi, kunlik ishning (smenaning) davomiyligi esa — oʻn ikki soatdan ortiq boʻlmasligi kerak.

- Ichki oʻrindoshlik asosida ishlashda ish vaqtini hisobga olish asosiy ish boʻyicha va oʻrindoshlik asosidagi ish boʻyicha alohida-alohida yuritiladi.