Vengriyada bepul tahsil olish uchun grant dasturiga topshiring!

Primary tabs

Ushbu stipendiya dasturi doirasida O‘zbekiston fuqarolariga 2023/2024-o‘quv yilida bakalavriat, magistratura, doktorantura bo‘yicha 170 ta ta’lim granti taqdim etilmoqda.

20 ta o‘rin – bakalavriat;

10 ta o‘rin – bakalavriat magistratura bilan birlashtirilgan, ya’ni hujjatlar bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha topshiriladi, unga magistratura (OTM – One time master) ham kiradi, o‘qish muddati ta’lim yo‘nalishiga qarab 5 yoki 6 yil;

60 ta o‘rin – magistratura;

60 ta o‘rin – doktorantura (PhD);

20 ta o‘rin – Jismoniy tarbiya universitetida o‘qish uchun (Budapesht shahri).

Grantlardan Vengriya universitetlarida qisqa muddatli kurslar uchun ham foydalanish mumkin.

Qo‘shimcha tarzda quyidagilar ma’lum qilinadi:

Hujjatlar https://stipendiumhungaricum.hu/apply/ platformasi orqali topshiriladi.  

Dastlabki bosqichda hujjatlar Vengriya tomonidan o‘rganilib, tanlov talablariga javob bermaydigan hujjatlar ro‘yxatdan chiqariladi.

«Qizil maktab»da o‘qituvchiga katta miqdorda oylik to‘lanadimi?

“Short list” (saralanganlar ro‘yxati)ni Vengriya tomoni tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan maslahatlashganidan so‘ng nomzodlarni 1 dan 170 gacha (asosiy ro‘yxat) va undan keyin 170 dan 340 gacha (zaxira) ketma-ketlikda baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuboradi.

O‘qishga qabul qilish bo‘yicha yakuniy qaror Vengriya universitetlarining xulosalari asosida qabul qilinadi.

O‘qishga qabul qilayotgan Vengriya universiteti yoki koordinator lozim bo‘lganda, nomzodni onlayn intervyuga taklif qilishi mumkin.

Nomzodlarning roʻyxatdagi joylashuvi qatʼiy ravishda yuqorida koʻrsatilgan kvotalar doirasida belgilanadi.

Ro‘yxatda ketma-ketlik bo‘yicha joylashtirish (baholash) tartibi O‘zbekistonda kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Muhandislik-texnika, shuningdek, tibbiyot, farmasevtika, biotexnologiya, kimyo, geologiya, fizika, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, energetika, muqobil energiya manbalari va boshqa shu kabi yo‘nalishlarga hujjat topshirganlarga imtiyoz beriladi.

Buyuk Britaniyada bepul o'qish uchun grant dasturlar

Oliy ta’lim muassasasida ish tajribasi, chet tillarini bilish ahamiyatga ega bo‘ladi. Imtiyoz o‘qishni 2023-yilda tugatmoqchi bo‘lganlarga emas, balki 2023-yilning 16-yanvariga qadar u yoki bu bosqichni tamomlaganlarga beriladi.

O‘z kasbiy faoliyatini respublikada, jumladan, oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimida, ilmiy markazlarda va shu kabi muassasalarda davom ettirmoqchi bo‘lgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi.

Hujjatlarni topshirish tartibi https://stipendiumhungaricum.hu/apply/