Go’zal Hindiston yurtiga ITEC dasturi bo’yicha ketmoqchi nomzodlarga maslahatlarim

Главные вкладки

O’zim haqimda: Kamina 2013 yil Avgust – Sentabr oylarida ya’ni 3 oy davomida ITEC dasturi bo’yicha sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tib Hindistonning Haydarobod shtatida "Communication in English, tourism and hospitality management” kursi bo’yicha malaka oshirib qaytdim. Mazkur kurs menda ajoyib taasurotlar qoldirib, dunyoning 33 mamlakatidan kelgan 100 dan oshiq nomzodlar bilan 3 oy davomida muloqotda bo’lishga muvaffaq bo’ldim. Mazkur kurs orqali dunyoqarashimni oshirib, Hindiston haqida tasavvurlarim haqiqatga aylandi.

Endi keling, ITEC dasturi bo’yicha Hindistonga borib malaka oshirmoqchi bo’lgan do’stlarimga maslahatlar bilan bo’lishsam.

Xo’sh, ITEC nima?

ITEC – Indian Technologic and Economic Cooperation. Bir necha o’n yilliklardan bo’yon Xorijiy davlat fuqarolariga o’z sohalari bo’yicha Hindistonning qator shtatlarida malaka oshirishlariga yordam beradi. Kurslar 1 haftadan to tahminan 47 haftagacha davom etishi mumkin. ITEC Hindistonning mashxur institut va universitetlarini o’z ichiga olib, malaka oshirishni istagan nomzod mazkur institutlar tomonidan taklif qilinayotgan kurslarda o’z sohalari bo’yicha malaka oshirishlari mumkin. Eng qizig’I mazkur kursda ingliz tilini ozgina, ya’ni boshlang’ich darajada bilsangiz ham qatnashishingiz mumkin.

ITEC ga qanday xujjatlar topsirilishi lozim?

Dasturda qatnashish uchun birinchi navbatda dastur tomonidan ishlab chiqilgan anketa to’ldiriladi. Mazkur anketa onlayn tarzda yoki qog’oz variantda to’ldirilishi mumkin. Anketani ko’chirib olish uchun http://itec.mea.gov.uz sahifasiga kirasiz. Anketani to’ldirishingiz bilan uni Hindistonning Toshkentdagi elchixonasiga olib borishingiz mumkin. Sizga maslahatim albatta anketani olib borishingizdan avval elchixonaga telefon qilib xujjatlarni to’g’ri olib borayotganligingizni so’rang (Xujjatlar: pasport nusxasi, diplom nusxasi, med ma’lumotnoma (Med ma’lumotnomani ham anketa ko’chirib olgan saytdan olishingiz mumkin) va albatta anketani 2 ta nusxasida). Anketani topshirishib qaytishingiz bilan OVIR ya’ni xorijga chiqish ro’xsatnomasini olish uchun ariza topshirib qo’ying (Agar sizda OVIR bo’lmasa).

Anketangizni sinovdan o’tishi uchun uni qanday to’ldirmog’ingiz lozim?

E’tibor bering. ITEC ga topshirmoqchi bo’lsangiz, kursni aynan o’zingiz sohangiz bo’yicha kurs tanlashingiz shart emas. Anketangizni to’ldirayotganingizda uning boshqa davlat grant dasturlari anketasidan ancha farqli ekanligini payqashingiz mumkin. Ya’ni ITEC anketasi juda oson tuzilgan. Uni to’ldirayotganingizda Educational qualification sarlovhasida iloji boricha o’zinzini sohangiz bo’yicha qanday o’quv kurslarida yoki malaka kurslarida o’qiganingizni birma bir yozing. 1 kunlik bo’lsa ham uni qo’shib qo’ying. Anketangizni tekshirayotganlar shu joyga e’tibor berishadi. 5 sarlovha, ya’ni 100 so’zdan iborat matn terish joyida, asl haqiqatni yozganingiz ma’qul. Ya’ni, qo’shib chatmang . Albatta, siz malaka oshirmoqchi bo’lgan kursda Hindistonning o’rni beqiyosligi, ya’ni bu davlatda bu soha juda rivojlanganligini aytib o’ting, ahir maqtov kimga yoqmaydi ;).

Hindistonning O’zbekistondagi Elchixonasida ITEC bo’yicha mutahassis janob Amitabh bilan suhbatlashganda o’zingizni qanday tutishingiz lozim?

Ko’p hollarda anketangizni elchixonaga olib borishingiz bilan sizni alohida katta xonaga kirgizib janob Amitabh bilan suhbatga tortilishingiz mumkin. Aynan mana shu holatda judayam ehtiyot bo’ling. Chunki sizning anketangiz tekshiruvdan o’tishi shu joyda hal bo’ladi. Janob Amitabh xonaga kirishi bilan unda ta’surot qoldirishga harakat qiling. Bu odam juda kuzatuvchan. Sizni 1-5 daqiqalik suhbat chog’ida o’rganib, "o’tish yoki o’tmasligingizni” hal qilib beradi. Shuning uchun u kirgani bilan turib unga kulib qo’ying va uning ismini so’rab, o’zingizni tanishtiring. Suhbat vaqtida ochiq bo’ling. O’zingizni har doimgidek tuting. Agar janob Amitabh sizdan shahringiz haqida so’rab qolsa, uni maqtab qo’ying, va mehmonga taklif qiling (Hindlar mehmon bo’lishni yoqtirishadi J). Albatta ketishingiz vaqtida tanishganingizdan hursandligingiz haqida aytib o’ting. Hullas o’zingizni oliyjanob, madaniyatli inson sifatida ko’rsating.

Sinovlardan o’tganingizdan so’ng safarga qanday tayyorgarlik ko’rishingiz kerak?

Odatda, anketangiz sinovdan o’tsa sizni yana suhbatga chaqirishadi. Suhbat chog’ida yana oliyjanob va madaniyatli inson bo’lishga harakat qiling. Suhbatdan o’tganingizdan so’ng, odatda 3-5 kunda elchixonadan telefon qilishadi. Sizni sinovlardan o’tganingizni aytishadi. Mana shu joyda sizning OVIR ingiz bormi yoki yo’q ekanligini so’rashadi. Uni borligini, yoki uni olishga ariza topshirib qo’yganingizni aytib o’ting. Endi Hindistonga ketishga tayyorgarlik ko’rishni ham boshlasak bo’ladi. Ma’lumki bu mamlakatning havosi na’m va bu yerda yomg’ir tez – tez yog’ib turadi. Shuning uchun undan saqlanish uchun kerakli narsalarni oling. Bu davlatda gigiyenaga e’tibor yo’q, yo’q emas balki deyarli yo’q. Shuning uchun ko’chadan suv ichmaslikka o’zingizni tayyorlaq qo’ying. Qaytganingizdan so’ng, sizda gepatit b yoki gepatit c ni aniqlashlarini hohlamasangiz albatta J. O’zingiz bilan issiq kiyim – kechak olmang. Va umuman ko’p kiyim – kechak olmang. Sababi, bu davlatda trikotaj mahsulotlar judayam arzon. O’sha yerdan bemalol "shopping” qilaverasiz.

Xo’sh do’stim, umid qilamanki sizni qiziqtirgan ma’lumotlarga ega bo’ldingiz. Agar yana qandaydir savollar tug’ilib qolsa, bemalol shu sahifada yozib qoldiring. Javob berishga doim tayyorman.

"Incredible India” ga borishingizga omad tilayman!

Endi barchasini boshlashdan avval Hindiston haqida yaxshi bir video ni ko’rishingizni maslahat beraman.

Incredible India videorolikini tomosha qiling: