Oliy ta’lim vazirligiga xalq ta’limi o’qituvchisining “dolzarb” taklifi!

Главные вкладки

So’nggi yillarda ta’lim sohasida juda ko’p yangiliklar qilinayotganligidan barchamizning habarimiz bor. Ayniqsa O’zbekiston respublikasi 1 – prezidenti Islom Karimovning PQ 1875 qarori xorijiy tillarni o’qitishni rivojlantirishda o’lkan o’zgarishlarga sabab bo’lganini hech kim inkor eta olmaydi.

Kamina, xalq ta’limiga qarashli ixtisoslashgan maktabda Ingliz tilidan ta’lim berib kelaman va bu o’zgarishlarga o’zim guvoh bo’lib turibman.

Xullas, bugun sizlarni e’tiboringizni o’zim uchun "muhim” deb hisoblaydigan masalalardan biriga qaratmoqchiman. Ya’ni bu taklifim aynan Oliy ta’lim vazirligiga tegishlidir.

Taklif bunday:

Magistraturada o’qish uchun topshirayotgan bakalavr diplomiga ega bo’lgan nomzod xalq ta’limi tasarrufidagi qaysidir maktabda 5 yil malakaga ega bo’lsin.

Bu taklifni berishimning va uning dolzarbligining sabablari bunday:

-Bakalavrni bitirgan talabalarning ba’zilari hech qanday ish "staji”ga ega bo’lmasdan magistraturaga topshiradi va uni bitiradi. Bitirganlarning ayrimlari Pedagog kadrlarni malakasini qayta oshirish institutlariga borib dars bermoqdalar. Tasavvur qiling, maktabga o’qituvchi sifatida qadam tashlamagan odam pedagoglarga nima o’rgata oladi?

-Magistraturani bitirgan magistrant o’sha pedagogik institutda "domla” bo’lib ishlashni boshlaydi. Bo’lg’o’si o’qituvchilarga o’sha magistrant pedagogika haqida nazariy bilimdan tashqari qanday amaliy bilim bera oladi?

Yuqoridagi sabablarni e’tiborga olasiz degan umiddaman. Kimningdir fikri yoki taklifi bo’lsa, kutib qolaman do’stlarim.