"Синий кит" o'quvchilarga o'z ta'sirini ko'rsatishni boshladi

Главные вкладки

 O'sib kelayotgan avlodni turli tahdidlardan saqlash, ogoh bo'lish har birimizning vazifamiz. So'nggi oylarda bo'y cho'zgan "Синий кит", "Тихий дом" kabi guruhli o'yinlar haqida barchamiz eshitib kelayabmiz. Mana o'sha kasofat guruhli o'yinlar ham o'quvchilarimiz orasida tarqalishni boshladi. "1news.uz" xabar berishicha "Синий кит" ya'ni "Ko'k kit" o'yinida 15-darajaga o'tgan 5 nafar maktab o'quvchisini "o'lim guruhi"dan saqlab qolishga Toshkent shahar huquq-tartibot idoralari vakillari muvaffaq bo'ldiral. Bu haqda "Toshkent" telekanalining "Poytaxt" dasturiga berilgan intervyuda ma'lum bo'ldi.
Daryo o'z bu holat haqida bunday xabar beradi:

"Pravda Vostoka” nashrining qayd etishicha, virtual kengliklarni nazorat qilish o‘ta mushkul, ba’zan hatto ota-onalar ham farzandlari aynan qaysi saytlarga kirayotganligini bilmasligi mumkin. Xususan, bir necha oydan beri "Ko‘k kit” o‘yiniga (uning "Meni 4:20 da uyg‘ot”, "Feya” kabi ko‘plab nomlari bor) qiziqish kuchaygani kuzatilmoqda. 

Bola yoki o‘smir o‘yinda ishtirok etishga rozi bo‘lishi bilan unga turli topshiriqlar berish boshlanadi. Avvaliga ular xavfsizdek tuyuladi. Masalan, kit yoki karkidonning suratini chizish, tongda turish va shunga o‘xshash, biroq daraja oshib borgan sari vazifalar murakkablashib, xatarli tus ola boshlaydi. Bolalardan gazni yoqib qo‘yish va uxlash yoki harakatlanayotgan transport oldidan yugurib o‘tish so‘raladi. 

Joylarda bolalar va o‘smirlarni bu kabi "o‘yin”lardan asrashga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, ruhshunoslarning nafaqat bolalar, balki ota-onalar bilan muloqotlari faollashdi. Barcha ta’lim muassasalari, mahalla fuqarolar yig‘inlarida tegishli mutaxassislar ishtirokida seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Aziz ota-onalar! Hamkasblar! Sergak bo'laylik. Farzandlarimizni asraylik!
 
Xurmat bilan: Sadikov.uz