“Vaxshiy tarbiyachi” haqida videoni ko’rib...

Главные вкладки

Yaqindagina internet tarmog’I bo’ylab tarqab ketgan videoni ko’rganlar "shok”ga tushib qolgan bo’lishsa ajab emas. Men ham Denov tumanining 10 – Maktabgacha ta’lim muassasasida sodir bo’lgan bu voqeani ko’rdim. Ko’rgan voqea haqida o’zimni fikrimni bildirmoqchi bo’lsam, mazkur voqea barchamizni ogohlikka undaydi. Mazkur videodagi ayol singari tarbiyachilar yoki maktablarda ba’zi qo’shtirnoq ichidagi o’qituvchilar jamiyatimizda borligi biz uchun fojea desam hato qilmagan bo’laman. Sababi, aynan shundan insonlar tufayli, tarbiyalanuvchi bolakay yoki o’quvchining qalbi bir umrga majruh bo’lib qoladiku ahir. Nahotki, bu "tarbiyachi”, "o’qituvchilar” buni tushunishmasa?

Umid qilamanki, mazkur voqea sabab, jamoatchilik, ota – ona va barcha mutasaddilar sergak tortishadi. Hamkasblarim, shuni tushunishimiz kerakki, qattiqqo’llik kerak, lekin chegarasi bilan. Ahir oddiy bir metod bilan bolani jazolashimiz, yoki qilgan ishiga pushaymon qildirishimiz mumkin.

Xulosa o’rnida shuni aytmoqchiman. O’sib kelayotgan avlod bizning kelajagimiz. Uni qanday tarbiya qilsak, natijasi shunday bo’ladi. Mana bu videodagi qo’shtirnoq ichidagi tarbiyachilardan Yaratganning o’zi asrasin!