O‘zbek tilida kitoblarni telefoningizda o‘qish va eshitishingiz yanada osonlashdi!

Главные вкладки

O‘zbek tilidan foydalanishni kengaytirish uchun aynan O‘zbek tilidagi kitoblar, audiokitoblar va boshqa foydali manbalarni ko‘paytirib, ulardan kengroq foydalanib borish kerak. Bugun sizning e’tiboringizga ana shunday manbalardan biri bo‘lgan www.kitob.uz online kutubxonamizning mobil ilovasi ham ishlab chiqarilganini aytib o’tmoqchimiz.

Endi bu ilovadan foydalanib online-kutubxonadan telefoningiz orqali foydalanish yanada qulay bo‘ldi. 

Marhamat, uni Playmarketdan yuklab olsa bo‘ladi: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.kitob.itsm  (Appstore hali ko‘rib chiqmoqda). 

Ushbu ilova orqali hozircha 1016 ta kitob va 511 ta audiokitoblarni mutolaa qilsa bo‘ladi. Ularning soni Respublika bolalar kutubxonasi, Milliy teleradiokompaniya, AOKA, Milliy kutubxona, AKT vazirligi va boshqa hamkotrlarimiz yordamida yanada boyitilib boriladi. Siz ham o‘z manbalarinigiz bilan ushbu kutubxonani boyitib saytdagi hamkorlar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz, marhamat taklifingizni yuboring: https://kitob.uz/support

Aksariyat operatorlar tomonidan www.kitob.uz saytiga kirish tarifikatsiyalanmaydi, shuning uchun bu ilovadan foydalanilganda ham boshida faqat ilovani Playmarketdan yuklab olish uchun 22 mb ketadi, lekin kitoblar va audiokitoblarni yuklash uchun internet hizmatlari bepul.

Bu borada sizga kichik bir tavsiya berib o’tmoqchiman. Audiokitoblarni eshitib hovlining ichida yurilsa, ham sog‘liqqa foyda ham kitob o‘qib olasiz. Agarda sizga telegram qulay bo‘lsa, unda telegram-bot t.me/Kitob_uzb_bot bor.