Bolani ta'lim olishga qanday qiziqtirish mumkin?

Главные вкладки

- Farzandingiz biror narsa o‘rgansa, chin dildan hursandligingizni ko‘rsating.

 

- Siz  nafaqat qanday baho olganligini, balki yana qanday yangi bilim olganligini, nimalar o‘rganganligini ham so‘rang.

 

- Farzandingizdan yana nimalarni o‘rganishni xohlayotganligini ham so‘rab turing.

 

- Ba'zan farzandingiz yonida siz o'zingiz yana nimalarni o‘rganishni xohlashingiz haqida ayting.

 

- Farzandingiz bilan birgalikda nimalarni o‘rganishni orzu qilishingizni, nimalarga erishishni xohlashingizni kartasini tuzing va devorga yopishtirib qo'ying.

 

- Farzandingizga tanlagan maqsadiga yetishishga sababchi bo‘ladigan rejalar tuzishda va buning uchun zarur bo‘lgan vaqtni belgilashga yordam bering. Xatto farzandingiz rejaga amal qilmasa ham, undan voz kechsa ham, siz unga maqsadga yetishish uchun harakat qilish kerakligini tushunishini shakllantirishingiz kerak. U rostan nimadir xohlasa, harakat qilish kerakligini tushunib yetadi. 

 

!!! Yodda tuting, farzandingiz biror bir ishda faol bo‘lmasa, uning maqtovlaringizga ehtiyoji bor. Axir u boshqalarga nisbatan ko‘proq kuch va vaqt sarflayapti. Bu holatla eng minimal natijaga ega bo‘lsa ham, hech bo'lmasa qat'iyati uchun uni maqtang, ba'zan esa o‘rganishni xohlagani  uchun maqtang.

 

- Qilingan ishlarini tekshirayotganingizda yoki yordam berayotganingizda buni  hursandchilik bilan qiling. Yodda tuting, sizning kayfiyatingiz farzandingizga o‘tadi.

 

- Farzandingizga o'zi haqida "Men o‘rganishni istagan odamman", "Men qattiq harakat qiladigan odamman", "Men  qila oladigan odamman" fikrlarni uyg'oting. 

- Farzandingizga ertayu kech "Sen hech narsa qilaolmaysan", "Sen hech qachon harakat qilmaysan", "Qo‘lingdan hech narsa kelmaydi" deb aytmang! Yodda tuting, so‘zlar ta'sir qiladi, ayniqsa agar buni  ota onasidan eshitsa.

 

- Topshiriqlarni tekshirayotganingizda uning ish vaqtdagi  uchtadan kam bo‘lmagan ijobiy tomonini ko‘rsating, va shundan keyingina uning to‘g‘rilash kerak bo‘lgan, yana o‘ylab ko‘rishi kerak bo‘lganlarini ko‘rsating.

 

- Farzandingiz bilan kun rejasini tuzing. Uni ko‘rinib turadigan joyga osib qo‘ying. Agar  kichik yoshdagi maktab o‘quvchi yoki maktabgacha bo‘lgan o‘quvchi bo‘lsa, kun rejasi infografika stilida bo‘lishi kerak. Belgilangan vaqt  bir ishdan boshqasiga o‘tgandagi tananing energetik sarfini kamaytiradi va yana bu  farzandingizni ta'lim olishiga o‘zini majburlashini osonlashtiradi.

 

- Farzandingizga nima uchun bu va boshqa bilimlar  muhimligini va qayerda kerak bo‘lishini tushunganligiga ishonch hosil qiling. Farzandingizni tasavvurini kengaytiring, bu uning orzulari bilan bog‘liqligini tushuntirishni unutmang.

 

Manba

Surat manbasi