Sharq va G'arb ta'limidagi farqlar

Главные вкладки

Sharq va G'arb ta'limida bir-biridan mutlaqo farq qiluvchi, o‘quvchining shaxsiyati va dunyoqarashini shakllantirishda hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘ziga xos jihatlar mavjud. Ikkala tizim turli natija beradi va ikkalasining ham kuchli va zaif tomonlari bor.

 

Agar ikki mintaqadagi ta'limni taqqoslaydigan bo'lsak, ular orasida eng ko'zga tashlanadigan quyidagi farqlar mavjudligiga guvoh bo'lishimiz mumkin.

 

- Dastlabki farq o'quvchilar  o'zlarinining ta'limdagi rolini qanday baholashi. Sharq maktablarida o'quvchilarning yutuqlariga ta'sir qiluvchi asosiy omil intizom hisoblansa, g'arb maktablarida o'quvchilarning munozaralarda erkin ishtirok etishiga, ularning g'oyalarini qo’llab-quvvatlashga ko'proq e'tibor berishadi.  O'quvchilar o'zlarining rollarini nafaqat bilimlarni qabul qiluvchi, balki yetakchi sifatida ko'rishadi.  Asosiy e'tibor kuch sarflashga qaratilgan, ammo sharqdagi kabi standartlashtirilgan sinovlar juda ko'p emas.  

 

- G'arbda ta'limning o'zi maqsadga erishish vositasi sifatida qaraladi.  Sharq esa ko'pincha ta'limga axloqiy qadriyatlarni singdiradi. Kollektiv va individual qarashlar esa shular asosida shakllanadi.

 

- G'arb muvaffaqiyatga erishishning yagona yutug'i sifatida shaxsga e'tibor qaratadi.  Tarbiyalanuvchilar sinfda o'zlariga taqdim etilgan masalaga o'z fikr va  qarashlarini ko'ndalang qo'ya olishadi.   Buning sababi G'arbda asrlar davomida shakllangan erkinlik va demokratiya g'oyalari bo'lishi mumkin. 

Sharqda o'quvchilar yomon baho olishdan qo'rqib g'oyalarni bayon qilishda va bahslashishda konservativroq bo'lishadi. 

 

- Sharqiy ta'lim tizimida o'qituvchining hokimiyati o‘rnatilgan. O‘quvchilar, odatda  uning so'zlarini shubhasiz to‘g‘ri deb qabul qilishadi. Shuning uchun, savollarning aksariyati ancha ritorik.  O'quvchilarga faqat cheklangan javob qaytarish mumkin bo‘lgan aniq savollar beriladi.  Natijada ular yangi g‘oyalar o‘ylab topishga intilmaydilar. G‘arb talim tizimida esa sinf yoki guruhda biror mavzu yuzasidan  muhokamalar bo'lib o‘tadi. Ular turlicha fikrlashga va original yechimni topishga intiladilar. Shu tarzda, talabalar boshqalarning g'oyalarini tinglashadi, bu ularni nafaqat o'qituvchilardan, balki o'z tengdoshlaridan ham o'rganishga majbur qiladi.

 

-  Ta'lim berishdan ko'zlangan maqsad ham Sharq va G'arbda farq qiladi.  Masalan, sharq ta'limi asosan kitoblarni o'rganish va yodlashga asoslangan.  Harakatlar asosan imtihonlarga va ball to'plashga qaratilgan.    Binobarin, o'quvchilar tushunishdan ko'ra, qisqa vaqtdan keyin tezda unutib yuboriladigan faktlarni yodlashdan o'rganadilar. Barcha faktlarni tushunmaslik esa  maxsus maktabga ( qoshimcha dars va repetitorlarga) ehtiyoj tug'diradi. G'arb ta'limida esa mavzuning mazmunini tushunib, o'rganilganlarni real hayotda qo'llay olish erishilgan eng yaxshi natija hisoblanadi.

 

Manba