Attestatsiyani baholash mezoni qanday?

Главные вкладки

Attestatsiyani baholash mezoni 2 bosqichda amalga oshiriladi hamda umumiy 100 ballik tizimda baholanadi.

1- bosqich

Pedagog kadrlarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi ta’lim tashkilotining pedagogik (kuzatuv) kengashi tomonidan oʻrganiladi hamda 20 ballik tizimda baholanadi.

2-bosqich

Pedagog kadrlarning oʻquv fani boʻyicha malaka sinovlari (test, ijodiy, nazariy va amaliy shakllardan biri) oʻtkaziladi.

Test sinovlari 40 ta savoldan iborat boʻladi, xar bir toʻgʻri bajarilgan test uchun 2 ball bilan baholanib, jami 80 ball beriladi.

Ikkita bosqich natijasiga koʻra:

 

* Oliy malaka toifali yoki bosh oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 80 ball va undan yuqori koʻrsatgichga ega boʻlsa - «Attestatsiyadan oʻtdi, oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi) saqlansin»;

- 80 balldan past koʻrsatgichga ega boʻlsa - «Attestatsiyadan oʻtmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi)ga tushirilsin»;

 

* Birinchi malaka toifali yoki yetakchi oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 80 ball va undan yuqori koʻrsatgichga ega boʻlsa - «Attestatsiyadan oʻtdi, oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi) berilsin»;

- 70 balldan 79 ballgacha koʻrsatgichga ega boʻlsa - «Attestatsiyadan oʻtdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi) saqlansin»;

- 70 balldan kam koʻrsatgichga ega boʻlsa - «Attestatsiyadan oʻtmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi)ga tushirilsin» (navbatdan tashqari Attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);

 

* Ikkinchi malaka toifali yoki katta oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 70 ball va undan yuqori koʻrsatgichga ega boʻlsa - «Attestatsiyadan oʻtdi, birinchi malaka toifasi (etakchi oʻqituvchi lavozimi) berilsin»;

- 60 balldan 69 ballgacha koʻrsatgichga ega boʻlsa - «Attestatsiyadan oʻtdi, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) saqlansin»;

- 60 balldan kam koʻrsatgichga ega boʻlsa - «Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis (oliy ma’lumotli oʻqituvchi) lavozimiga tushirilsin» (navbatdan tashqari Attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);

 

* Mutaxassis yoki oliy ma’lumotli oʻqituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

- 60 ball va undan yuqori koʻrsatgichga ega boʻlsa - «Attestatsiyadan oʻtdi, ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi) berilsin»;

- 50 balldan 55 ballgacha koʻrsatgichga ega boʻlsa - «Attestatsiyadan oʻtdi, mutaxassis (oliy ma’lumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlansin»;

- 55 balldan kam koʻrsatgichga ega boʻlsa - “Attestatsiyadan oʻtmadi, mutaxassis (oliy ma’lumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas

 

Manba: oqituvchi_ga