Yangi attestasiya baholash mezoni

Главные вкладки

Yangi attestasiya baholash mezoni 2 bosqichda amalga oshiriladi hamda umumiy 100 ballik tizimda baholanadi.

 

1- bosqich

Pedagog kadrlarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi ta'lim tashkilotining pedagogik (kuzatuv) kengashi tomonidan o‘rganiladi hamda 20 ballik tizimda baholanadi.

 

2-bosqich

Pedagog kadrlarning o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovlari (test, ijodiy, nazariy va amaliy shakllardan biri) o‘tkaziladi.

 

Test sinovlari 40 ta savoldan iborat bo‘ladi, xar bir to‘g‘ri bajarilgan test uchun 2 ball bilan baholanib, jami 80 ball beriladi.

 

Ikkita bosqich natijasiga ko‘ra:

 

 Oliy malaka toifali yoki bosh o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

 

- 80 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;

- 80 balldan past ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi)ga tushirilsin»;

 

 Birinchi malaka toifali yoki yetakchi o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

 

- 80 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;

- 70 balldan 79 ballgacha ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;

- 70 balldan kam ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi)ga tushirilsin» 

 

 Ikkinchi malaka toifali yoki katta o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

 

- 70 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, birinchi malaka toifasi (etakchi o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;

- 60 balldan 69 ballgacha ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) saqlansin»;

- 60 balldan kam ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy ma'lumotli o‘qituvchi) lavozimiga tushirilsin» (navbatdan tashqari Attestasiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno);

 

 Mutaxassis yoki oliy ma'lumotli o‘qituvchi lavozimidagi pedagog kadr:

 

- 60 ball va undan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) berilsin»;

- 50 balldan 55 ballgacha ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - «Attestasiyadan o‘tdi, mutaxassis (oliy ma'lumotli o‘qituvchi) lavozimi saqlansin»;

- 55 balldan kam ko‘rsatgichga ega bo‘lsa - “Attestasiyadan o‘tmadi, mutaxassis (oliy ma'lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas

 

! Eslatma: Navbatdan tashqari attestasiyalarda natijasidan qat'iy nazar toifa tushirilmaydi.