Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha birinchi kun natijalari e’lon qilindi

Главные вкладки

O'qishni ko'chirish. 2022-yil 23-avgust kuni talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi deb xabar bermoqda dtm.uz.

23-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1. my.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2. mandat.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2022” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

3. Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish 2022” bo‘limidan):

- @e_dtm_mandatbot

- @e_dtm_mandat1bot

- @e_dtm_mandat2bot

- @e_dtm_mandat3bot

- @e_dtm_mandat4bot

4. Talabgor ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

 

Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan (topshiradigan) talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Davlat test markazi taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.