Bahorgi attestatsiya uchun maktab tomonidan beriladigan 20 ballik maʼlumotnoma qaysi muddatgacha berilishi lozim?

Primary tabs

Bahorgi attestatsiyada ishtirok etish istagida boʻlgan pedagoglar diqqatiga!

2023-yil yanvar oyidan boshlab pedagoglar attestatsiyasi bir yilda ikki marta oʻtkazilishi belgilangan. Jumladan,

 

Nobel mukofoti sovrindori Abdus Salamning qiziqarli hikoyasi

 

- Yanvar-fevral oylarida arizalar qabul qilinadi;

- Mart-may oylarida malaka (test) sinovlari oʻtkaziladi;

- Iyun oyida sertifikatlar tarqatiladi.

O‘qituvchi malaka oshirishdan o‘tmasa shartnoma bekor qilinadi

- Avgust-sentyabr oylarida arizalar qabul qilinadi;

- Oktyabr-noyabr oylarida malaka (test) sinovlari oʻtkaziladi;

- Dekabr oyida Sertifikatlar tarqatiladi.

 

Vazirlar Mahkamasining 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, pedagogik mahorat va psixologik tayyorgarlikni baholash natijalari yuzasidan maʼlumotnoma attestatsiyadan oʻtish uchun HUJJAT TOPSHIRISH BOSHLANGAN SANAGA QADAR koʻpi bilan toʻrt oy muddat ichida berilgan boʻlishi lozim.

Buyuk Britaniyada bepul o'qish uchun grant dasturlar

Shuningdek, bu jarayonda Taʼlim tashkilotlari rahbarlari:

- navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtish muddati tugashidan olti oy oldin pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtish lozimligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilishi;

- pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi bilan tanishtirishi hamda attestatsiyadan oʻtish uchun hujjat topshirish boshlangunga qadar ularning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholashni tashkil etishi lozim.